Elektromobillar allaqaçon noyoblik darajasidan tuşib, asta-sekinlik bilan bölsa-da, iste'mol bozoriga kirib kelmoqda. Elektrokarlar orasida donği ketgan modellardan biri esa, şubhasiz, Tesla Model S avtomobilidir. Ammo, tez orada, Ilon Mask ğoyasining jiddiy raqibi paydo böladigan körinadi. Bu maşhur avtomobil giganti BMW tomonidan işlab çiqariluçi elektromobil böladi.

Ta'kidlaş kerak, ta'bir joiz bölsa, köplab modellar Tesla Model S elektrokari «panjasiga panja uriş»ga urinib kördi. Aytaylik, Nissan Leaf, Chevrolet Bolt va boşqa qator startaplar şular jumlasidan. Ammo ularning kuzovi odatdagi 4 eşikli sedandan farqlanadi. BMW kompaniyasining yangi elektrokari ayni şu toifaga tegişli böladi. Hozirda Model S raqobatçisining kontsepti tayyor. U i Vision Dynamics nomi bilan atalgan.

Nazvaniye

Kompaniya rahbariyati özining yangi elektrokarining yakuniy nomini ma'lum qilganiça yöq. Biroq, u BMW i5 deb nomlanişi haqida taxminlar bor. Uning qaçondan seriyali işlab çiqila boşlaşi ham ma'lum emas. BMW vakillarining ta'kidlaşiça, yangi model 2025 yilgaça möljallangan keng qamrovli yangilanişlarning bir qismi böladi. Uşbu yangilaniş dasturi doirasida 25 ta elektrokar taqdim etiladi. Ularning 12 tasi töliq elektrli, qolgani gibridli maşinalar böladi. 

Nazvaniye
Nazvaniye

Texnik körsatkiçlariga töxtaladigan bölsak, BMW i Vision Dynamics bir marta quvvatlangaç 600 km masofani ortda qoldira oladi. Elektromobilning eng yuqori tezligi soatiga 200 km bilan çeklangan böladi. U 0 dan 100 km/soat tezlikka 4 soniyada erişadi. i Vision Dynamics dizayni haqida gapiradigan bölsak, bu yerda Tesla ta'siri yaqqol közga taşlanadi. Kuzovning agressiv çiziqlari uzun ğildiraklar bazasi bilan birga nigohni öziga tortadi. BMW Group Desig vitse-prezidenti Edrian van Xoydonkning aytişiça, «BMW i3 va BMW i8 amalda şahar hamda sport maşinalari hisoblanadi. BMW i Vision Dynamics esa oraliqdagi böşliqni töldiradi va barça BMW avtomobillariga xos bölgan jihatlar — yuqori harakatçanlik, nafislik va qulaylikni mujassam etadi».