AQŞning elektrokarlar işlab çiqaruvçi Tesla kompaniyasi Model S va Model X modellaridagi 53 mingta avtomobilni qaytarib olayotganini e'lon qildi. Bunga uşbu modellarda aniqlangan qöl tormozidagi nosozlik sabab bölgan.
Tesla ayni vaqtda ikkita model: sedan Model S va krossover Model X işlab çiqaradi. 2016 yil yakunlariga köra, kompaniya tuşumi 7 mlrd dollarni taşkil qilgan, 2015 yilda bu körsatkiç 4 mlrd dollardan sal köproq bölgan.
Kompaniya 2003 yilda taşkil etilgan. Dastlab u Tesla Motors deb nomlangan, biroq joriy yil boşida şunçaki Tesla deb atala boşlangan. Dastavval kompaniya elektrokarlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan bölgan, biroq keyinroq quyoş batareyalari va boşqa energiya töplovçi tizimlar işlab çiqariş bilan şuğullana boşlagan.












