Jahon | 09:32 / 05.08.2017
6401
3 daqiqa o‘qiladi

Mahatma Gandining nevarasi Hindiston vitse-prezidentligi uchun kurashadi

Hindiston parlamenti 5 avgust kuni mamlakatning yangi vitse-prezidentini saylaydi. Ushbu lavozimga kurashuvchi ikki nomzod orasida Gopalkrishnu Gandi — Hindiston mustaqilligi uchun kurashgan Mahatma Gandi nevarasi ham bor.

Hozirgi vitse-prezident Muhammad Hamid Ansoriy muddati 10 avgust kuni poyoniga yetadi. U ushbu lavozimda ikkinchi muddatini ham tugatmoqda. Ansoriy ilk bora 2007 yilda Hindiston milliy kongressi tomonidan nomzodi ilgari surilib, saylangan edi. 

Konstitutsiyaga muvofiq, vitse-prezident "lavozimi bo‘yicha" parlament yuqori palatasi raisi hisoblanadi.  Shu bilan birga u davlatning ikkinchi yuqori lavozimli shaxsi bo‘lib, davlat rahbari yo‘qligida, o‘limida yoki bemorligida uning majburiyatlarinii bajaradi. 

Hindiston qonunchiligiga muvofiq, mamlakatning 35 yoshdan katta har qanday fuqarosi vitse-prezident bo‘lishi mumkin. Faqat u markaziy va mintaqaviy hokimiyat tuzilmalarida haq to‘lanadigan lavozimlarda ishlamagan bo‘lishi kerak. Bundan prezident, vitse-prezident, shtat gubernatori va vazirlik lavozimlari istisno qilingan. 

Bundan tashqari u ma'lum bir talablarga javob berishi kerak. Xususan, aqldan ozmagan yoki kassodga uchramagan bo‘lishi taalab etiladi. 

Nomzod saylovchilar hay'ati tomonidan saylanadi. Saylash jarayonida deputatga nomzodlar ro‘yxati taqdim etiladi, u o‘zi ma'qul ko‘rgan nomzod to‘g‘risida 1 raqamini qo‘yib, qolgan nomzodlarni 2, 3 va hakozo raqamlar bilan belgilab chiqadi. Shu bugunning o‘zida bo‘ladigan ovozni sanash jarayonida nomzod mutlaq ustunlikni (395/790) qo‘lga kiritmagan taqdirda ham kimning ko‘p ovoz olgani oydinlashadi. 

Nomzodlar

Garchi Hindiston davlatchilik tizimida vitse-prezident unchalik ham ta'sirga ega bo‘lmasa-da, uning uchun ikki kuchli siyosatchi kurash olib bormoqda. 

Hindiston milliy kongressiga muxolif partiya hisoblangan "Birlashgan progressiv alyans" koalitsiyasi Mahatma Gandining nevarasi Gopalkrishnu Gandi nomzodini ilgari surdi.

Hukmron Milliy demokratik alyansi Bosh vazir Narendra Modi hukumatida Axborot va shaharsozlik vaziri lavozimida ishlab kelayotgan "Bxaratiya Janata Parti" arbobi  Venkay Naydu nomzodini ilgari surmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid