
Agar siz qaçonlardir millioner bölişni xohlasangiz (kim ham xohlamaydi deysiz?), hozir ayni vaqti. Spectrem Group ötkazgan ijtimoiy sörov natijasiga köra, hozirda AQŞda millionerlar soni eng köp darajada. Yaqinda Bloomberg agentligi e'lon qilgan dunyoning dollar milliarderlari Top-500 reytingiga Rossiyaning ham 27 nafar fuqarosi kiritildi. Garçi heç kim milliondan voz keçişni istamasa-da, köpçilik uni işlab topa oladi. Biroq faqatgina dunyoning eng boş kişilarida uçraydigan ayrim xususiyatlar ham borligini unutmaslik kerak. Agar siz uşbu xususiyatlardan biriga ega bölsangiz, ehtimol siz kelgusida millionerlardan biri böla olasiz.
1. Sizda har doim tadbirkorlik ğoyasi bölgan
Economist naşrining yozişiça, dunyodagi millionerlaridan yarmiga yaqini öz boyligini şaxsiy biznesi orqali töplagan. Boylarning aksariyati öz işini yoşligidanoq yölga qöygan. Mark Kyuban işga joylaşolmagan va 12 yoşida çiqindi qopçalarini qöşnilariga sotiş bilan şuğullangan. Uorren Baffett ham şunga öxşaş faoliyat bilan şuğullangan. U 6 yoşidayoq döstlariga saqiç sotgan. Riçard Brenson 11 yoşida tötiquşlarni köpaytirib, sotişni kasb qilgan. Bu tajriba va mehnat odobi köplab bolalar va ösmirlar katta bölgaç, köp milliardli kompaniyalarni işga tuşirişiga olib keladi.
2. Sizning bir neçta daromad oliş manbaingiz bor
Har kim ham millionlab daromad keltiruvçi kompaniyaga asos solişni xohlaydi, biroq barça bunga erişa olmaydi. Yaxşisi, bir neçta kiçik manbani topiş kerakki, ulardan keladigan daromad millionni taşkil etsin. Tomas K. Korli özlarining birinçi million dollarini işlagan insonlarning hayotini 5 yil mobaynida örgandi. Uning aniqlaşiça, ularning aksriyati bir neçta daromad manbaiga ega bölgan. Jumladan, 65 foizga yaqini 3 ta turli daromad manbaiga ega bölgan bölsa, 45 foizida 4 ta, 29 foizida 5 va undan ortiq manba bölgan. «Daromadning 3ta manbasi millionerning sehrli self-made formulasi. Ammo, daromadlar manbaini qançalik köpaytirişning uddasidan çiqsangiz, sizning moliyaviy ahvolingiz şunçalik mustahkam böladi».
3. Siz doim örganişdasiz
Yozuvçi va millioner Stiv Sibold 30 yildan köproq vaqt davomida dunyoning ayrim badavlat kişilar bilan suhbatlaşdi. Uning aniqlaşiça, ularning aksariyati kitob mutolaasini yaxşi körişadi. Siboldning aniqlik kiritişiça: «Örta toifa romanlar, tabloidlar va köngiloçar jurnallar öqiydi. Boy odamning uyiga kirsangiz, uni muvaffaqiyatga yetaklagan ulkan kutubxonaga közingiz tuşadi». Taniqli milliarderlarning aksariyati, har holda bu nuqtai-nazarni tasdiqlaşadi. Bill Geyts, masalan, yiliga 50 taça kitob öqiydi. Uorren Baffett iş kunining 80 foizga yaqinini kitob mutolaasiga sarflaydi. Ilon Maskdan raketa yasaşni qanday örganib olganini söraşganida: «Men kitob öqiyman», deb javob bergan.











