Xalqaro mehnat taşkiloti va Özbekiston Respublikasi örtasida imzolangan “Özbekiston Respublikasida munosib mehnat dasturi”ga binoan joriy yilning 7-19 avgust kunlarida Sirdaryo viloyatining barça tuman, şaharlarida davlat organlari, Nodavlat notijorat taşkilotlar vakillari va fermerlar iştirokida seminarlar ötkazilişi belgilangan.
Uşbu seminarlarda Xalqaro mehnat taşkilotining eksperti Svetlana Yegorova iştirok etişi kutilmoqda. Seminarlarning ötkazilişidan asosiy maqsad, davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlar vakillari va fermerlarga Xalqaro mehnat taşkiloti tomonidan qabul qilingan va Özbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari, xususan, “Zörlab işlatiş va majburiy mehnat töğrisida”gi 29-sonli, “Majburiy mehnatni tugatiş töğrisida”gi 105-sonli va “Bolalar mehnatining oğir şakllarini taqiqlaş va yöq qilişga doir şoşilinç çoralar töğrisida”gi 182-sonli konvensiyalarning mazmun va maqsadi tuşuntirişdan iborat.
"Aytiş kerakki, xuddi şunday seminarlar, Kasaba uyuşmalari Federatsiyasining XMT bilan hamkorligi ötgan yillarda ham yuqori saviyada taşkil etilgan, ularning samarasi ölaroq, mamlakatimizda, şu jumladan, viloyatimizda maktab öquvçilarini ommaviy yagana, çekanka va paxta terimiga jalb etilişi töxtatildi. Biz bu borada tarğibot işlarini bu yil ham izçil olib boramiz, - deydi Sirdaryo viloyat kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi raisi Kamoliddin Oqbötayev.
Kasaba uyuşmalari nafaqat a'zolarining ijtimoiy haq-huquqlarini muhofaza etib kelmoqda, balki ular orasida huquqiy savodxonlikni oşiriş borasida keng kölamli tarğibot işlari ötkazmoqda. Bu borada kasaba uyuşmalari huquq-tartibot organlari, şu bilan birga qator nodavlat notijorat taşkilotlari va OAV bilan mustahkam aloqani yölga qöygan. Şu örinda, aytiş kerakki, fuqarolar bilan muloqotni yölga qöyiş uçun Internet tarmoğida respublika va hududiy kasaba uyuşmalari veb-saytlari işlab turibdi, xuddi şu yerda onlayn tarzda virtual qabulxona taşkil etilib, kasaba uyuşma rahbariyatiga töğridan töğri murojaat qiliş mumkin. Har bir viloyat kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi qoşidagi yuridik maslahatxona va “Işonç” telefonlari orqali Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini hal etilişi faoliyati monitoringi olib borilmoqda. Jumladan, 2017 yilning 1 yarim yilligida birlaşma bölimlariga jami bölib 87 ta murojaatlar kelib tuşgan bölib, şulardan 7tasi yozma, 53 tasi oğzaki, 21tasi “Işonç” telefonlariga hamda 6 ta elektron şaklda murojaatlar qabul qilingan. Yozma murojaatlarning mazmuniga köra işga tiklaş masalasida 1 ta, iş haqi, mukofot tölovlari, iş va dam oliş vaqti, jamoa şartnomasining boşqa şartlari yuzasidan 3 ta, moddiy yordam va sihatgoxlarga yöllanmalar sörab 1ta, mehnat şartnomalarini bekor qilinişi, özgartirilişi, intizomiy jazo qöllaş tartibiga oid 1ta, ijtimoiy mehnat munosabatlariga oid boşqa masalalar esa bittani taşkil etadi. Uşbu murojaatlarning 3tasi qanoatlantirilgan, 3 tasiga tuşuntirişlar berilgan, bittasi tegişliligi böyiça. boşqa organlarga yuborilgan.











