16:40 / 06.08.2017
12080

Suriya armiyasi Homsdagi IShID jangarilarini chekintirib, Raqqaga yaqinlashmoqda

Suriya Arab respublikasi armiyasi harbiylari ittifoqchilar ko‘magida mamlakat markazidagi Homs viloyatida joylashgan As-Suxna shahridagi IShID jangarilariga hujum qilib, ularni chekintirdi. Endi Deyr az-Zor viloyatiga yo‘l ochilgan.

Dayr az-Zor va uning yaqinidagi aerodrom 3 yildan buyon jangarilar qo‘lida.

«Armiya va ittifoqchi kuchlar As-Suxnani o‘rab olgan. Ammo shaharga kirilmagan, shahar atrofida janglar davom etmoqda», — degan RIA Novosti agentligi suhbatdoshi.

Endilikda hukumat kuchlari IShIDning Suriyadagi «poytaxti» hisoblanadigan Raqqaga tomon yo‘ldagi Madan shahriga hujum qiladi.

Bu vaqtda armiya bo‘linmalari Raqqaga janubdan qamalni davom ettirmoqda.

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top