Suriya armiyasining ilğor otryadlari mamlakat şimoli-şarqida joylaşgan va oxirgi vaqtgaça kurd harbiy tuzilmalari nazoratida bölgan Raqqa şahriga 2014 yildan beri birinçi marta kirdi. Bu haqda Al Mayadeen telekanali xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, Suriya hukumat qöşinlari Raqqada bir neçta nazorat-ötkaziş punktlari örnatgan.
Raqqa 2014 yilda IŞID jangarilari tomonidan bosib olinib, uning Suriyadagi “poytaxti”ga aylangan.
2017 yil oktyabrda şahar Suriya demokratik kuçlarining xalqaro koalitsiya aviatsiyasi kömagidagi köp oylik amaliyotidan keyin terrorçilardan ozod qilingan. Xalqaro koalitsiya aviatsiyasining bombardimonlari va kurd tuzilmalari harakatlari oqibatida Raqqa vayronaga aylangan. Şahar hanuzgaça tiklanmagan.
Suriya taşqi işlar vazirligi koalitsiyaning Raqqaning ozod etilişi vaqtidagi harakatlarini qatliom deb atagan.













