IŞID öziga poytaxt qilib olgan Suriyaning Raqqa şahri jangarilardan töliq tozalandi. Bu haqda 20 oktabrda "Suriya demokratik kuçlari" (SDK) kurd-arab koalitsiyasining vakili Talal Sillo şahar markazida ğalaba munosabati bilan ötgan marosimda aytib ötdi. Hozir Raqqani minalardan tozalaş işlari olib borilmoqda, şundan keyin şahar SDK tomondan qöllab-quvvatlanuvçi fuqarolik kengaşi boşqaruviga ötadi.

Şaharning ozod etilişiga bağişlangan marosim IŞID jangarilari avval turma sifatida qöllagan sport stadionida bölib ötdi. Şu yerda uç kun avval koalitsiya qöşinlari va terrorçilar örtasida hal qiluvçi jang keçgan. Marosimda Raqqani ozod etişda qatnaşgan harbiylar, şaharning fuqarolik kengaşi a'zolari iştirok etişgan. 

"Biz bu ğalabani butun insoniyatga bağişlaymiz. Biz Raqqa şahri va uning atrofidagi hududlar ustidan nazoratni içki xavfsizlik kuçlariga topşiramiz", deb aytgan Sillo.

Raqqa uçun janglar 2017 yil iyunidan beri olib borilgan. Janglar 17 oktabrda yakun topgan.