Rossiyalik harbiylar Suriya armiyasi tomonidan Şarqiy Ğuta hududida, Duma şahridagi jangarilarga qarşi kimyoviy qurol (xlorli bomba) qöllangani haqidagi xabarlarni rad etdi.
«Bu ma'lumot qat'iyan rad etiladi», deya Suriyadagi ziddiyatli tomonlarni yaraştiruv markazi boşliği general-mayor Yuriy Yevtuşenkoning sözlarini keltirgan «Interfaks» agentligi.
«Duma ozod etilganidan keyin, u yerga rossiyalik mutaxassislarni yuborib, faktlar yiğib, bu ma'lumot töqib çiqarilganini tasdiqlaşimiz mumkin», degan u.
Yevtuşenko «qator Ğarb davlatlari» Dumadan jangarilarni siqib çiqariş amaliyotlariga tösqinlik qilişga harakat qilayotganini qayd etib ötgan. «Bunday paytda Ğarb Suriya Arab Respublikasi hukumati kimyoviy qurol qöllaganini iddao etişga tuşadi», deya davom etgan u.
General Suriya harbiylari Dumaga xlorli bomba taşlagani haqida xabar tarqatgan manbalar, xususan, «Oq kaskalilar» köngilli guruhi bundan avval ham yolğon xabarlar tarqatganligini eslatib ötdi.
6 aprel kuni Suriya hukumati harbiylari Dumani, Şarqiy Ğutadagi Başar Asad nazorati ostida bölmagan oxirgi şaharni ozod qiliş uçun harakat boşladi.
7 aprel kuni uşbu şaharga kimyoviy hujum uyuştirilgani oqibatida 70 kişi, jumladan bolalar halok bölgani töğrisida xabarlar tarqaldi. AQŞ bunday ehtimoliy hujum uçun javobgarlikni Başar Asad hukumatini qöllab kelayotgan Rossiyani aybladi.














