«Arsenal» jamoasi boş murabbiyi Arsen Venger Yevropa Ligasi ğolibiga Çempionlar ligasida iştirok etiş uçun yöllanma berilişiga qarşi çiqdi.

«Men hamişa Yevropa Ligasi ğolibiga Çempionlar ligasida töğridan-töğri iştirok etiş uçun yöllanma berilişiga qarşi bölganman. Çunki, «Mançester Yunayted»ni hisobga olmaganda hamişa bu turnirda Çempionlar ligasida guruhdan çiqa olmagan jamoa ğolib bölgan.

Çempionlar Ligasiga Yevropa Ligasi orqali yöl oliş fikrida bölmaslik kerak. Men bunday yöl tutiş içki çempionatga ta'sir körsatadi deb hisoblayman: agar aprelda jamoada APLda kuçli törtlikka kirişdan köra, Yevropa Ligasi orqali yöl oliş imkoni köproq bölsa, bu jamoa içki çempionatga ikkinçi darajali turnirdek qaraşi mumkin. Men öyinlarga hamişa optimal tarkibni tuşiraman. Futbolçilarimga faqat Yevropa Ligasi öyinlarida dam berişim mumkin», — deya Vengerning sözlarini keltirgan London Evening Standard.

Londonliklar ötgan mavsumda Angliya çempionatida 5-örinni egalladi va Yevropa Ligasida öynaydigan böldi. «MYu» mavsumni 6-örinda yakunladi, ammo Yevropa Ligasi ğolibi sifatida YeÇLga yöllanma oldi.