Curiosity marsoxodi 2012 yil 6 avgustda Marsga yetib kelgan va NASA koinot agentligining 19-tuşiriluvçi qurilmasi bölgan. Uning asosiy vazifalari Marsda hayot uçun yaroqli şaroitlar mavjudligini aniqlaş, bu sayyoraning iqlimi va geologiyasi haqida batafsil ma'lumot töplaş va Marsga odamni qöndiriş uçun tayyorgarlik körişdan iborat bölgan.

Oğirligi 899 kg, uzunligi 3 metr keluvçi qurilma soatiga 144 metr tezlik bilan harakatlanadi. U kameralar, masofadan tadqiq qiluvçi asboblar töplami, spektrometr, tuproq olişga möljallangan çömiç, meteorologik qurilmalar majmuasi bilan jihozlangan. U Marsning sirtidagi taşqi şaroitlarni tadqiq qiliş uçun hammasi bölib 10 ta ilmiy asbob hamda harakatlaniş va suratga oliş uçun 17 ta rangli va oq-qora ranglarda oluvçi kameralarga ega.

Curiosity Qizil sayyoraga qöngandan beri 16 km masofa bosib ötgan va Şarp toği yonbağri böylab 165 metr balandlikka kötarilgan. U sayyorada qadimiy daryo izlarini aniqlagan, Mars tuproğining mineral tarkibini aniqlagan, tarixda birinçi marta Mars sirtini burğilab, qattiq jinslar namunalarini olgan. Yerda marsoxod işini 400 dan köproq odam ta'minlaydi. 

Dastlab missiya ikki yilga yaqin davom etişi taxmin qilingan. Biroq marsoxod hanuzgaça olisdagi sayyora böylab harakatlanişni davom ettirib, yangi namunalar olmoqda va Yerga Mars manzaralarining yangi suratlarini jönatmoqda.

NASA
Nick Ut/AP

2012 yil 25 iyul. Curiosity marsoxodi OAVga namoyiş qilinişi vaqtida 

Damian Dovarganes/AP

2012 yil 2 avgust

Damian Dovarganes/AP

2012 yil 6 avgust. NASA xodimlari Curiosity’ning Marsga muvaffaqiyatli qönişidan şodlanişmoqda