Vazirlar Mahkamasining 24.07.2017 yildagi 537-son qarori bilan 2017 — 2021 yillarda Özbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklarga, şu jumladan virusli gepatitlarga taşxis qöyiş, ular profilaktikasi va ularni davolaş usullarini yanada takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

U öz içiga törtta asosiy yönaliş böyiça çora-tadbirlarni oladi:

•  yuqumli kasalliklarga taşxis qöyiş, ular profilaktikasi va ularni davolaş masalalari böyiça normativ bazani takomillaştiriş;
•  surunkali virusli gepatitlar profilaktikasi, ularga taşxis qöyiş va ularni davolaş çora-tadbirlarini yanada takomillaştiriş;
•  Respublikada yuqumli kasalliklar muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş;
•  soğliqni saqlaş tizimining yuqumli kasalliklar muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlaş.

Kompleks çora-tadbirlarni moliyalaştirişning umumiy hajmi 118,8 mlrd söm va 6,39 mln AQŞ dollarini taşkil etadi.

Bundan taşqari, kelasi yili mamlakatda gepatologiya markazlari oçiladi. Ular Soğliqni saqlaş vazirligi Virusologiya  ITI, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ITI hamda hududiy yuqumli kasalliklar kasalxonalari tuzilmalarida taşkil etiladi.

Gepatologiya markazlarining vazifalari quyidagilardan iborat:

•  dispanser körigidan va profilaktik tibbiy körikdan ötkazişda aholini ommaviy tekşirişni taşkil etiş maqsadida yuqumli kasalliklar va virusli gepatitlarning laboratoriya diagnostikasi samaradorligi oşirilişini ta'minlaydi;
•  epidemiologiya, virusologiya, mikrobiologiyasi, yuqumli kasalliklar profilaktikasi, ularga taşxis qöyiş va ularni davolaş masalalari böyiça fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarning asosiy yönalişlarini belgilaşda, şuningdek tadqiqot natijalarini soğliqni saqlaş amaliyotiga joriy etişda qatnaşadi;
•  yuqumli kasalliklar, şu jumladan virusli gepatitlar tarqalişining oldini oliş böyiça profilaktik, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarşi tadbirlarni işlab çiqiş va amalga oşirişda qatnaşadi.