Yangi taşkil qilingan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markaziga Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, «Milliy tiklaniş» partiyasining palatadagi fraksiyasi a'zosi Alişer Qodirov rais etib tayinlandi.
«Kun» manbasi ma'lumotiga köra, Muhammadjon Quronov uning birinçi örinbosari etib tayinlangan.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 28 iyuldagi «Ma'naviy-ma'rifiy işlar samaradorligini oşiriş va sohani rivojlantirişni yangi bosqiçga kötariş töğrisida»gi qaroriga asosan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi taşkil etilişi belgilangandi. Markaz Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengaşining Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi hamda Milliy ğoya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlaştiriş yöli bilan ularning negizida taşkil etildi.











