Rossiya Federatsiyasidagi «Erkin internet uçun» harakati taşkiliy qömitasi 26 avgust kuni ötkazilişi belgilangan yangi norozilik yurişini e'lon qildi. Bu safargi tadbir taşkilotçilari qatoriga «PARNAS» partiyasi, «Fuqarolik taşabbusi», «Demokratik saylov» hamda Qaroqçilik, Libertarian partiyalari, «RosKomSvoboda» va «Protestnaya Moskva» kabi notijorat taşkilotlar qöşilgan. 

Taşkiliy qömita vakillaridan biri Emil Xalikovning aytişiça, ikkinçi marta ötkaziladigan «Erkin internet uçun» harakati poytaxt Moskvadan taşqari Rossiyaning boşqa şaharlarida ham ötkaziladi.

Şuningdek, mazkur tadbir Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi kömagida taşkil etilayotgan bölib, uning final qismida Aleksey Navalniy saylovoldi ştabi rahbari Leonid Volkov nutq sözlaşi rejalaştirilgan.