Duşanba kuni saharda Sahroi-Kabir atrofidagi köplab muhojirlar Marokaşdan Ispaniyaga qarab yugura boşladi. Favqulodda vaziyatlar xizmatining ma'lumotiga köra, ularning manzili Ispaniyaning anklav hududi Seuta şahri bölgan.
Afrikalik migrantlar tez-tez Ispaniya qirolligining şimoliy Afrikadagi ikki anklav - Seuta va Melilla hududlariga «hujum» qilib turişadi. Buning uçun ular 6 m balandlikdagi tösiq va simtikondan ötişi lozim böladi. Qizil xoç jamiyati tarqatgan ma'lumotga köra, 186 nafar muhojir yölda töxtatib qolingan, ulardan 4 nafari şifoxonaga yotqizilgan.
Muhojirlar bu bilan Yevropaning boşqa mamlakatlariga yetib olişni közlaydi. Bunday «şovvozlar» orasida Liviya-Italiya yönalişidan foydalanuvçilar köpçilikni taşkil etadi. Joriy yilning özida jami 7400 nafar kişi şunday «yuriş»ni amalga oşirgan.












