AQŞning qişloq xöjaligi vazirligi amaldorlariga iş hujjatlari va rasmiy yozişmalarda “iqlim özgarişi” iborasini qöllaş taqiqlandi. Bu haqda The Guardian vazirlik va tabiiy resurslarni asraş xizmati örtasidagi elektron yozişmaga asosan xabar bermoqda.
Şu tariqa, “iqlim özgarişi”ning örniga “ekstremal ob-havo şaroiti” deb, “iqlim özgarişiga moslaşiş”ning örniga “ekstremal ob-havo şaroitlariga çidamlilik”ni, “buğ gazlarini çiqarib taşlaşni kamaytiriş” örniga esa – “tuproqning tabiiy qismini köpaytiriş” deb yoziş kerak ekan.
Yozişmada vazirlikning köplab xodimlari talablardan taşvişda ekanliklari va ularga sözlar hamda iboralarning aniq röyxatini yuborişni söraşgan. Ba'zilar esa bunday holatdan norozilik ham bildirgan.
Eslatib ötamiz, 1 iyun kuni Tramp AQŞ iqlim böyiça Parij kelişuvidan çiqişi haqida ma'lum qildi. U kelişuvning moliyaviy va iqtisodiy talablarini qoralab çiqdi. Biroq, Trampning qöşimça qilişiça, Qöşma Ştatlar Parij kelişuviga qayta kiriş böyiça muzokaralarni boşlaşi mumkin. Buning uçun AQŞga qulay bölgan şartlar talab etiladi.












