Amerikaning Google kompaniyasi Android 8 («O»)dasturiy ta'minotiga doir ma'lumotnoma hujjatlarining navbatdagi qismini e'lon qildi. Unga köra, endilikda, foydalanuvçilar telefon xotirasida böş joy qolmagan bölsa ham uning dasturiy ta'minotini amaldagisiga tarmoq orqali «yangilab» olişi mumkin böladi.
Bu vazifa Android-qurillmaning xotirasini ikki qismga böliş, ya'ni «foydalanuvçi» va «tizimli»ga böliş bilan hal etiladi. Bu öziga xoslik dasturiy ta'minotning 2016 yilda havola qilingan 7-çi namunasida ham joriy qilingan edi.
Avvallari yangilanişlar xotiraning «foydalanuvçi» qismiga yuklanib, söngra «tizimli» qismiga köçar edi. Ba'zan «foydalanuvçi» xotirasi töliq band bölib, yangilaniş fayllariga joy qolmaydi. Tizimning yangi namunasida yangilaniş birdaniga «texnik» bölimga yuklanadi.
Bunday usul foydalanuvçilarga yangilaş çoğida xotiraning tölib qolişi bilan boğliq muammolarni çetlab ötişlariga yordam beradi. U, şuningdek, jarayon muddatini ham qisqartiradi: qurilmaning ma'lumotlarni xotiraning u bölimidan bu bölimiga köçirişiga hojat qolmaydi. Fayllar telefon apparati öçirib yoqilganda örnatiladi.
Android 8 («O») dasturiy ta'minoti may oyida Google I/O konferensiyasida namoyiş qilingan edi. U 2017 yil uçinçi çoragida taqdim etiladi.











