Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 529-son qarori bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi töğrisidagi hamda Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantiriş jamğarmasi töğrisidagi nizomlar tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Davergeodezkadastr xodimlariga ustama beriladi.

Davergeodezkadastr töğrisidagi nizomda idoraning yangilangan vazifalari, asosiy funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi mustahkamlangan.

Lavozimga tayinlaş va undan ozod etiş tartibi belgilandi:

•  Davergeodezkadastr raisi – Boş vazir taqdimiga binoan Prezident tomonidan;
•  raisning birinçi örinbosari va örinbosarlari – Prezident tomonidan;
•  Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toşkent şahar yer resurslari va davlat kadastri boşqarmalari boşliqlari – Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan kelişilgan holda rais tomonidan;
•  tumanlar (şaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bölimlari boşliqlari — Davergeodezkadastr bilan kelişilgan holda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toşkent şahar yer resurslari va davlat kadastri boşqarmalari boşliqlari tomonidan;
•  Davergeodezkadastr tizimiga kiruvçi taşkilotlarning boşliqlari — davlat qömitasi raisi tomonidan amalga oşiriladi.

Davlat qömitasi xodimlarining iş haqi lavozim maoşi, mukofotlar, qöşimça haqlar va ustamalar, rağbatlantiriş tölovlari, şuningdek qöşimça moddiy rağbatlantiriş tölovlaridan iborat böladi. Masalan, ularga uzluksiz iş staji (uzoq muddat işlaganlik) uçun har oyda ustamalar tölanadi. Ular faqat asosiy iş joyi böyiça va xodimning lavozim maoşiga belgilangan razryad tarif stavkasiga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Uzoq muddat işlaganlik uçun ustamaning quyidagi miqdorlari belgilandi:

•  3 yildan 5 yilgaça – 20%;
•  5 yildan 10 yilgaça – 35%;
•  10 yildan 15 yilgaça – 50%;
•  15 yildan va undan ortiq  - 60%.

Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantiriş jamğarmasi nimaga yönaltirilgan  

Eslatib ötamiz, Jamğarma Prezidentning 31.05.2017 yildagi PQ-3024-son qaroriga muvofiq taşkil etilgan.