Agar siz texnologiyalarning hayotimizga qançalik ta'sir qilayotganini şubhass ostiga qöyadigan bölsangiz, yaqinda Google kompaniyasi bu borada yangi isbotlarga ega böladi. Korporatsiya Time va CNN kabi yangiliklar kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda. Unda Google kompaniyasining maxsus yangiliklar va maqolalar loyihasi muhokama etilmoqda. The Wall Street Journal naşrining yozişiça, ğoya şundan iboratki, foydalanuvçilar Google saytlaridan hamkorlar tomonidan tayyorlangan va mobil qurilmalarida köriş oson bölgan matnlar, fotosuratlar va videolavhalarga ötişsin.
Umuman, Google egasi bölgan Alphabet xoldingi köplab turli loyihalarni işlab çiqadi. Ularning barçasi ham muvaffiqiyatli çiqavermaydi. Bu fikrga Google kompaniyasining omadsizlikka duç kelgan 18 ta ulkan loyihasini keltiriş mumkin.
Ehtimol, Stamp deb nomlangan yangi loyihani ham şunday ayançli natija kutayotgandir. Şunga qaramay, Google, Facebook va bir neçta texnologik kompaniyalar, endilikda, yangiliklar va köngiloçar materiallar tayyorlaşga ta'sir körsata oladi.
Bu esa, bugungina paydo bölgan narsa emas, balki köp yillardan beri davom etayotgan voqelik. Agar, OAV öz maqolalari Google qidiruv tizimi va Facebook tasmalarida köproq aks etişini xohlasa, şunga yaraşa işlaşi kerak. Bu zarurat şaklni va mazmunni ilgari sura boşladi.
Aytaylik, Google vebsahifalar smartfonlar va kompyuterlarda tezda yuklanişini xohlaydi. Köplab vebsaytlar va reklama beruvçilar bunga erişiş uçun ma'lum bir işlarni amalga oşirişga majbur bölişadi. Şunga köra, OAVning videolavhalar, yangiliklar, ilovalar va boşqa IT mahsulotlarni tayyorlovçilar Google, Facebook, Apple, Twitter va Snapchat istaklariga qarşi çiqişni xohlaşmaydi. Axir ular milliardlab foydalanuvçilarga ega. Birgina Google’ning kamida 7 ta mahsulotining bir oylik auditoriyasi 1 mlrd kişidan ortadi.
Ammo, vaziyat özgarib bormoqda. Bugungi kunda texnologik gigantlar bundan qoniqiş hosil qilmayapti. Endi ularning özlari qaysi yangilik birinçi körsatiladi, qaysi kompaniya yutadi, qaysisi kasodga uçraşini hal qiladi. Masalan, Facebook yetakçisi Mark Tsukerberg internet kelajagi videokontentda böladi, degan xulosaga kelganidan beri, öz ğoyasini samarali hayotga tatbiq etib kelmoqda. Facebook videokontent tayyorlovçi kompaniyalar va maşhur kişilarning loyihalaini moliyalaştiruvçi dasturni işlab çiqdi. Buning natijasida bugungi kunda videoroliklar qamrovi oyiga 2 mlrd kişini taşkil etmoqda.
Bundan taşqari, Facebook öz algoritmlarini şunday sozlaşi mumkinki, uning foydalanuvçilari köproq roliklar tomoşa qilişadi. Garçi, sönggi vaqtlarda bu birmunça qarşilikka duç kelayotgan bölsa-da, ijtimoiy tarmoq asta-sekinlik bilan internet foydalanuvçilarini öz qoidalariga köniktirişi mumkin.












