2017 yilning 8 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Latviya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elçisi Edgars Bondarsni qabul qildi. 

Suhbat davomida bölajak qöşma tadbirlar yuzasidan fikr almaşildi.

Elçining diplomatik missiyasi yakunlanar ekan, uning Özbekiston va Latviya örtasidagi munosabatlarni mustakamlaşga qöşgan konstruktiv hissasi qayd etildi.

Sönggi 3,5 yil mobaynida Özbekiston-Latviya hamkorligi faol rivojlandi va mustahkamlandi. Latviya Prezidenti Andris Berzinşning 2014 yil may oyida Özbekistonga taşrifi davomida ötkazilgan oliy darajadagi samarali muzokaralar ikki tomon hamkorligiga yangi turtki berdi. 

Şuningdek, ikki mamlakatning vazirlik va idoralari, işbilarmon doiralari, madaniyat, ta'lim va boşqa sohalar vakillari darajasida faol uçraşuvlar bölib ötdi.

Öz navbatida Edgars Bondars Elçi sifatida Özbekistondagi faoliyati uçun yaratilgan qulay şaroitlar uçun minnatdorçilik izhor etdi.