«Barselona» Neymarning transferidan katta mablağ işlab oldi va endi bu pullarga unga örinbosar olişi kerak. Katalonlar jamoasida 222 mln yevro bor, bu mablağga ikki futbolçi ham olişi mumkin: «Liverpul»dan Filippe Koutino hamda Dortmundning «Borussiya»sidan Usmon Dembeleni. Dembele köpçilikka u qadar taniş futbolçi bölmagani uçun, «Tribuna» öz muxlislariga uni yaqindan taniştirişga qaror qildi.
U qayerdan paydo böldi
«Töğridan-töğri aytaqolaman: kun kelib Dembele «Oltin töp» uçun da'vogarlik qiladi. 13 yil oldin ham ser Aleks Fergyuson yettinçi raqamli futbolkani topşirib qöygan, ğalati soç turmagi qilgan ösmirning harakatlarini kuzatgandim. Öşanda Kriştianu öz talanti bilan menda katta taassurot qoldirgandi. Şundan beri men maydonda u kabi iste'dodli yigitçani uçratmayotgandim. Usmon qanday harakatlarni amalga oşirayotganini körmagunimça», — degandi bir yil muqaddam «Renn» prezidenti maslahatçisi Mikael Silvestr. «Mançester Yunayted»ning sobiq futbolçisi sözlari mubolağali emas.
Oyoqlari uzun 18 yoşli yigitça yoşlar jamoasida ekanida özidan katta futbolçilarga iş qoldirmasdan öynardi. U Liga 1 öyinida 2015 yil noyabrida ilk marta iştirok etdi. U vaqtda butun Fransiya Parijdagi davomli teraktlar iztirobida, futbolni bir muddat unutgan, motam libosiga burkangandi. «Anjye» bilan öyindagi debyutda uni heç kim payqamadi – zero unga juda kam vaqt ajratilgandi. Lekin ikki hafta ötib u «Renn» muxlislarini xursand qilişni boşladi – «Bordo» bilan öyinda Usmon professional futboldagi ilk golini urdi. Mavsum oxirrroğida «Nant» darvozasiga 3ta gol yöllagaç, (gollarning birinçisini u birinçi daqiqadayoq urgandi) hamma u haqida gapirişni boşladi, «Barselona» skautlari Kataloniyaga yelib borib, rahbariyatga uşbu noyob iqtidor, lekin hali heç kim tanimaydigan ösmir uçun 35 mln yevroni ayamaslikka unday boşladi. Lekin öşanda «Barsa» bosslari skautlarning taklifini pisand qilmagandi, endi esa uni kattagina pulga sotib olişga tayyorlar.
Qiziği şundaki, Dembele «Renn»da debyut qilmasligi ham mumkin edi. Öşanda jamoa ança tajribali Ntep va Yoann Gurkyuffga işonç bildirayotgandi. 2015 yil yozida jamoa boş murabbiyi Filipp Montane Dembeleni asosiy jamoa maşğulotlariga ötkazdi – u ösmirlar orasida yaqqol ajralib qolgandi. Ammo «Renn» unga professional şartnoma taklif qilişga şoşilmaydi, Montane yoş iqtidorlarga köp ham işonavermasdi. Bunga javoban esa Usmon klubning Germaniyadagi yiğinini boykot qiladi va «Red Bull» yoki «Benfika»ga ötib ketişi bilan tahdid qila boşlaydi.
Dembelening «Borussiya»ga transferidan 15 mln yevro işlab olgani uçun «Renn» uning onasiga minnatdorçilik bildirişi kerak, u öğlini sabr qilişga va klubda debyut uçun imkon berilişini kutişga undagan, uni qolişga köndirgandi. Bir neça oylik asabbuzarliklardan keyin Dembele Mikael Silvestr bilan qizil futbolkani tutgan holda suratga tuşdi - u klub bilan şartnoma imzolagandi.

Nima uçun 80 million yevro
Qisqa vaqt içida Usmon «Renn»da asosiy futbolçiga aylandi. U ilk mavsumdayoq 9ta golni darvozalarga joyladi va raqib futbolçilarini aldab ötiş körsatkiçlari böyiça Yevropada Neymardan keyingi ikkinçi örinni egalladi (har öyinda 4,6 marta), u şuningdek körsatkiçlari böyiça Fransiya çempionati tarixidagi (1990 yildan keyingi) 20 yoşdan kiçik bölgan eng samarali futbolçi böldi.
Uning oğir xarakteri haqidagi gaplarga qaramasdan, quyidagi intervyuda Usmon kamtarin yigitça ekanini köriş mumkin: «Men — fenomen emasman. Şunçaki, nimalarga qodirligimni namoyiş etişga urinaman, zavq oliş uçun futbol öynayman. Ayrim statistik ma'lumotlar men haqimda notöğri tuşunçalar berişi mumkin. Ammo bu mening maqsadim emas. Mening maqsadim – jamoa bilan sovrinlar yutişdir. «Oltin töp» deysizmi? Bu nima deganingiz?».
Usmon hakam huştagini eşitişi bilanoq uyatçanligini yiğiştiradi. U raqibning bir neça futbolçilarini aldab ötib qanotdan oldinga intiladi, töğri kelsa uzoq masofadan zarba yöllaydi, u xuddi yölida tösiqlar yöqdek erkin harakatlanadi. Fransiya yoşlar termasi murabbiyi Lyudovik Batelli Dembeleni yuqori tezlikka ega, öyinni yaxşi his qiluvçi, dribling ustasi va eng muhimi ikki oyoğida bir xilda öynay oladigan futbolçi sifatida ta'riflagandi. Endi Usmon asosiy terma jamoada özini körsatmoqda.

Neymardan keyingi hayot. «Barselona»da uning örnini kim egallaydi?
Uning ikki oyoqda ham birdek öynay olişini quyidagi intervyusi yanada oçib beradi. Dembele Fransiya terma jamoasidagi öyindan söng qiziq fleş-intervyu berib, barçaning e'tiboriga tuşgandi.
— Usmon, sen öng oyoqda öynaysanmi, çap oyoqdami? — deydi jurnalist.
— Mmm… Men çap oyoqman.
— Işonçing komilmi? Sen axir köp gollaringni öng oyoqda urgansanku.
— Ha, lekin men köproq çap oyoğimda öynayman.
— Ammo sen bugun penaltini öng oyoğingda tepding.
— Ha, şunday böldi.
— Nega bunday?
— Çunki men öng oyoğimda yaxşiroq öynayman.
Ambidekstriya (ikki oyoqda ham birdek harakatlaniş) – futbolda alohida e'tiborga ega. Dembele nafaqat ikki oyoqda öynay oladi, u hujumning istalgan nuqtasida ham birdek harakatlanadi.
«Borussiya» futbolçilarining paslari tasvirlangan kartada Usmon öyinlarda hujumning turli nuqtalarida paydo bölganini köriş mumkin. Bir öyinda u klassik vinger vazifasida, boşqasida – himoya va hujumni boğlovçi, uçinçi holatda – Obameyyangdan ham oldinda va ofsayd çiziğida qorovullikda. Dembele – haqiqiy universal, u öz vaqtida «Renn» murabbiylarini hujumçi muammosidan xalos qilgan, «Borussiya»da esa Tomas Tuxelning murabbiylik tajribalarida qöl kelgan.
Dembelening driblinglari – alohida tarix. Baholaşingiz mumkin.
Usmon «Borussiya»da ötgan mavsumdagi işlarini Kataloniyada ham bajara olsa, uning jamoadagi örni Neymarnikidan kam bölmaydi. Fransiyalik futbolçi öyinlarda örtaça har 9,5 daqiqada raqibni aldaşga harakat qilgan va şundan 55 foizi muvaffaqiyatli çiqqan. Mavsumda u 103 marta raqibni aldab ötgan, 63 marta vaziyat yaratgan, 13 golga uzatma bergan – u Bundesliganing eng yaxşi futbolçilaridan biri böldi.
U nimasi bilan Mbappedan yaxşiroq

1. U köp funksiyali. U Killian kabi gol sezuvçan bölmasligi mumkin, Dembele u kabi köp gol urmadi, lekin u ötgan mavsumda jamoasining deyarli barça gollarida iştirok etdi (barça turnirdagi öyinlar hisoblansa 21ta golli pas). U pas beriş va öyinni his qiliş borasida Mbappedan ustun.
2. Uning transfer narxi arzon. Usmon uçun 190 mln yevro talab qilişmayapti, «yangi Anri» uçun esa şunça.
3. U barqaror. Dembele Mbappedan farqli ravişda Fransiya hadlaridan çiqib Germaniya çempionatida ham barqaror öyin körsata oldi. «Ikkinçi mavsum sindromi»dan muvaffaqiyatli ötib oldi.
Dembele «Barselona» uçun ideal variant ekaniga boşqa sabablarni ham keltiriş mumkin. Masalan, u jamoaning yangi boş murabbiyi Ernesto Valverdega klassik öyin qöllaş, hujumdagi futbolçilarni turli nuqtalarda sinab köriş imkonini taqdim etadi. Şuningdek, «Borussiya»da Usmon barselonça öyin uslubida toblangan (Tuxel ham şogirdlarini töp yöqotilgaç, 5-6 soniya içida uni qaytarib olişga majburlar edi). Qolaversa, u bolaligidan «Barselona»da öynaşni orzu qilgan, u bu niyati haqida intervyularida bir neça marta oçiq gapirgan.

Kök-anorranglilar uşbu futbolçi bilan oğzaki kelişuvga erişgani haqida aytişmoqda. Endi «Borussiya» bilan muzokaralarni tezlaştiriş kerak, kataloniyaliklar 80 mln yevro taklif etmoqda, nemislar futbolçini 100 mln yevroga sotmoqçi. Tez orada dortmundliklar klubi xazinasiga ançagina pul kelib tuşişi va Usmon Kataloniya poytaxtiga çipta olişi kutilmoqda. Kutamiz.












