Boks böyiça Osiyo çempionatida 9 ta oltin medalni qölga kiritgan, yakunda iştirokçi boksçilarining barça — 10 nafari Jahon çempionatiga yöllanma olgan Özbekiston terma jamoasi 6 avgust oqşomida Germaniyaga jönab ketdi.
25 avgust kuni Gamburg şahrida Jahon çempionati start oladi. Oldindagi 18 kun davomida özbekistonlik boksçilar Germaniyaning özida mundialga tayyorgarlik köradi.
Boks federatsiyasi faqatgina yöllanmani qölga kiritgan 10 boksçi emas, balki ularga örinbosar bölişi kutilayotgan zaxira boksçilariga ham Germaniyaga taşrif buyuriş imkoniyatini yaratib bergan. Asosiy tarkib vakillari sparring raqiblar bilan tayyorlanadi.



Özbekiston termasi
1. Hasanboy Döstmatov (1993 y)
2. Jasur Latipov (1991 y)
3. Murod Ahmadaliyev (1994 y)
4. Elnur Abduraimov (1994 y)
5. Iqbol Xoldorov (1997 y)
6. Şahram Ğiyosov (1993 y)
7. Isroil Madrimov (1995 y)
8. Bektemir Meliqöziyev ( 1996 y)
9. Sanjar Tursunov (1998 y)
10. Bahodir Jalolov (1994 y)



Sparring raqiblar:
11. Mironşoh Ibragimov (1996 y)
12. Abrorjon Qodirov (1995 y)

















