Xitoy ğarbida 6,5 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Reuters AQŞ Geologiya xizmatiga asosan xabar qilmoqda.
Yer silkinişi Siçuan viloyatida qayd etilgan. Zilzila markazi 32 kilometrlik yer tubida joylaşgani aytilmoqda.
Agentlikning ta'kidlaşiça, Xitoyning bu viloyatida zilzilalar köp röy beradi.
Hozirça jabrlanganlar yoki vayronagarçiliklar haqida ma'lumot yöq.
Avvalroq Turkiyaning Bodrum şahrida 5,3 magnitudali zilzila yuz bergani xabar qilingandi.












