Prezident Şavkat Mirziyoyev şu yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasiga qilgan safari çoğida Şumanay tumani aholisi bilan uçraşib, uşbu hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholi bandligini ta'minlaş va turmuş darajasini yuksaltiriş böyiça aniq vazifalarni belgilab bergan edi.
Muloqotda yoş tadbirkor Seydabulla Medetov tomonidan yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini oşirişga hissa qöşiş maqsadida kitob sotişga ixtisoslaşgan markaz taşkil etişga yer ajratiş yuzasidan taklif bildirgandi. Davlat rahbari tomonidan ma'naviyatga xizmat qiluvçi yigitning taşabbusini qöllab-quvvatlagan holda şu kunning özida nafaqat yer ajratildi, balki majmuani quriş uçun homiylik asosida 500 mln. söm mablağ ham berildi.
Bugungi kunda tadbirkor tomonidan 2 qavatli umumiy maydoni 600 m.kv. bölgan zamonaviy majmua qurib bitkazildi va foydalanişga topşirilişi arafasida.
Şu munosabat bilan 8 avgust kuni Özbekiston matbuot va axborot agentligi boş direktori Laziz Tangriyev “Şumanay kitoblar olami” xususiy korxonasi rahbari Seydabulla Medetovni qabul qildi. Uçraşuvda tadbirkorga tizimdagi naşriyotlar tomonidan naşr etilgan bir neça million sömlik kitoblar ajratildi hamda sara adabiyot va kantselyariya mollarini töğridan-töğri yetkazib berişga kelişildi.
Tez kunlarda “Şumanay kitoblar olami” majmuasi oçilişi kutilmoqda.










