Samarqand şahridagi «Yoşlik» istirohat boğida maxsus hisobga olingan fuqarolar va ularning farzandlari iştirokida «Fidoying bölgaymiz seni, Özbekiston!» şiori ostida madaniy, ma'naviy-ma'rifiy yönalişdagi tadbir taşkil etildi, deb xabar beradi Kun.uzga Samarqand şahar hokimligi axborot xizmati.

Tadbir avvalida, şahardagi oliy öquv yurtlarining ziyolilari, 22 ta masjid imom xatiblari hamda nuroniy otaxon va onaxonlar tomonidan tadbir iştirokçilariga öz hayotiy tajribasidan kelib çiqib, kelajakdagi hayotlariga maslahatlar va tavsiyalar berildi. Maxsus hisobda turgan fuqarolarning 54 nafari hisobdan çiqarildi.

Tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş istagida bölgan fuqarolarga şahardagi tijorat banklari tomonidan kredit oliş masalasida, işsiz yurgan fuqarolarga işga joylaşiş masalasida amaliy yordam va tuşuntirişlar berildi.

Şundan söng, yoşlar 5 turdagi sport öyinlariga — arqon tortiş, stol tennisi, armresling, şaxmat va futbol böyiça ötkazilgan musobaqalarga jalb qilindi.

Işsiz yurgan fuqarolarga şahar bandlikka kömaklaşiş markazi tomonidan «Böş iş örinlari» mehnat yarmarkasi taşkil etildi. Yarmarkaga 125 ta korxona 1274 ta böş iş örinlari bilan iştirok etişdi. Iş örinlarining 799 tasi böş iş örinlari, 475 tasi şahar hokimligi qarori bilan barpo qilingan maxsus kvota iş örinlaridir. Yarmarkada şahardagi mahalla fuqarolar yiğinlaridan 130 nafardan ortiq işsiz fuqarolarga kelgusida özlari uçun mos iş topiş uçun huquqiy maslahatlar berildi. Iş izlovi sifatida iştirok etgan 39 nafar fuqarolarga özlari uçun mos kelgan kasblari böyiça xalq xöjaligining turli sohalariga işga joylaşiş maqsadida yöllanmalar berildi.

Madaniy qismda Samarqand zaminining maşhur san'at ustalari tomonidan konsert dasturi yuqori saviyada taşkil etildi.

Tadbir yakuni bilan maxsus hisobga olingan fuqarolarning farzandlari hamda mahallalardan taklif etilgan yoşlar iştirokida taşkil etilgan sport musobaqalarida faol iştirok etganligi uçun mas'ullar tomonidan 32 nafar ğoliblikni qölga kiritgan yoşlarga şahar hokimining faxriy yorliği va esdalik sovğalari topşirildi.

Bundan taşqari, «Alpomiş» yozgi dam oliş oromgohida 45 nafar uşbu toifadagi yoşlar uçun dam oliş taşkillaştirilgan bölib, ularning oromgohdagi vaqtlarini mazmunli ötkazişlari uçun barça şaroitlar yaratildi.