Fitch reyting agentligi jahon iqtisodiyoti ösiş sur'atlarini qayta körib çiqdi. Reyting agentligi bu raqamni 2017 yilda 2,9 foizdan 3 foizga, 2018 yilda 3,1 foizdan 3,2 foizga özgartirdi. 

Fitch boş iqtisodçisi Brayan Kultonga köra, «qayta körib çiqiş zarurati rivojlanayotgan bozorlar, xususan Xitoy tufayli paydo böldi». Fitch baholariga binoan, XXR iqtisodiyotida sekinlaşuv kutilmoqda, şunga qaramay, ösiş sur'ati sezilarli bölib qoladi. U 2017 yilda 6,7 foizni taşkil etsa, 2018 yilda 6,3 foiz bölişi taxmin qilinayapti. 

Agentlikning xabar qilişiça, AQŞ YaIM ikkinçi çorakda 0,6 foizga ösgan. Bunga biznesga kiritilayotgan sarmoyalar asos bölgan. Yevrohududda YaIM ösişi hm 0,6 foizni taşkil etgan, bunda Ispaniya va Fransiya ijobiy natija körsatmoqda. Buyuk Britaniyada YaIM ösişi 0,3 foizdan özgarmagan.