Italiyaning Toskanasi hududidagi Viarejo şahri meri Facebook sahifasi orqali folloverlariga murojaat qildi - mahalliy restoranlardan birining ma'muriyati uning döstlari bilan ovqatlanişiga yöl qöymay töğri yöl tutganmi yoki yöq?

Gap şundaki, şahar rahbari oçiq verandadagi norasmiy uçraşuv uçun kundalik "casual" uslubini tanlagan. Jorjio uning oq rangli köylagi va tizzadan sal pastroq keluvçi  xaki rangli şortisi bunday ziyofat uçun ayni muddao deb hisoblagan. 

Ofisiant buyurtmani qabul qiliş örniga uning kiyimi restoran dress-kodiga töğri kelmasligini aytganida siyosatçi taajjubga tuşgan. Bunga izoh beriş söralganda restoran xodimi janob Gingaroning şortisi "biroz sohilbop" ekani aytilgan. 

"Biz dengizga qaragan stol atrofiga joylaşdik va qöşni stoldagi tanişlarimiz bilan betaşviş suhbatlaşib ötirgandik. Şu payt biroz noqulaylik his qilgan ofitsiant mening şortigim ularning restorani uçun yetarliça uzun emasligini aytdi", - deya izoh beradi Jorjio ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida. 

Merning aytişiça, u döstlari bilan xayrlaşib, restoranni tark etguniça "bir neça daqiqali şarmandalik"ni boşdan keçirişiga töğri kelgan. U oqşomni bunday qat'iy qoidalar bölmagan boşqa restoranda davom ettirgan.

"Biroq, oçiğini aytganda, şu qadar yomon kiyinganmidim?", - deya qiziqiş bildirgan mer. 

Muhokama juda qizğin keçgan. Amaldorning sahifasidagi dress-kod haqidagi post ostida 700dan ortiq izoh qoldirildi. Folloverlar fikri ikkiga bölingan: kimlardir Gingaroning kiyimida e'tirozga sabab böluvçi heç nima körmagan bölsa, yana birovlar merning sohilga emas, nufuzli restoranga kelgani, şunday ekan, qoidaga amal qiliş kerakligini yodga solgan. 

"Hurmatli mer, qonun barça uçun barobardir", - deya xulosa qilgan folloverlardan biri.