Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov Instagram ijtimoiy tarmoğida Bağdoddagi yetimxonada suratga olingan va ota-onasi IŞID safiga qöşilgan rossiyalik bolalar haqidagi videoni joylaştirdi. Bu bolalar Rossiyadan olib çiqib ketilib, söngra Mösul ozod qilinganda taşlab ketilganlar. Qodirov bolalarning yaqinlari ularni tanib, maxsus elektron manzil böyiça bu haqda yozişlariga umid bildirgan.   

"RT telekanali rahbari Margarita Simonyan iltimosiga köra, sizning e'tiboringizga videorolikni taqdim qilaman. Bu video Bağdoddagi yetimxonada olingan. Bolalar rusçada gaplaşmoqdalar. Ularning ota-onasi yöq. Ular ismlarini, oğriq, qörquv va ölim nimaligini eslay olmaydilar. Balki kimdir bolakaylarni tanir... Agar siz ular haqida biror ma'lumotga ega yoki ularni tanigan bölsangiz, [email protected] manzili böyiça xat yozing", deb izoh bergan videoga Qodirov.

Avvalroq Qodirov Iroqdagi yetimxonalarda ota-onalari Yaqin Şarqdagi harbiy harakatlar hududlariga olib çiqib ketilgan, Rossiya va MDHdan bölgan 300 ga yaqin bola borligini aytgandi. Bolalar huquqlari böyiça vakil Anna Kuznetsovaning ma'lumotlariga köra, Suriya, Iroq va ixtiloflar bilan qamrab olingan boşqa davlatlarda 400 ga yaqin rossiyalik baloğatga yetmagan bola bor. Qodirovning ta'kidlaşiça, bolalarni izlaş va ularni vatanlariga qaytariş ularning köpçiligida hujjatlar yöqligi, Yaqin Şarqdagi tarang vaziyat va yuridik xarakterdagi muammolar sababli qiyinlaşgan. Misol uçun, otasi tomondan Iroqqa olib ketilgan Bilol Tagirovni Rossiyaga qaytariş uçun Rossiya tarixida birinçi marta maxsus yuridik qaror işlab çiqildi.  

Öz navbatida, Rossiyaning Inson huquqlari prezident kengaşi rahbari Mixail Fedotovning RIA “Novosti” axborot agentligiga ma'lum qilişiça, Inson huquqlari kengaşi Rossiya taşqi işlar vazirligidan ota-onalari IŞIDga qöşilişga qaror qilgan, Iroqda bölgan bolalar soni haqida ma'lumot berişni söragan va huquq himoyaçilari ularni vatanlariga qaytariş uçun barça imkoni bor işni amalga oşirişlariga va'da bergan.

 

A post shared by Ramzan Kadyrov (@kadyrov_95) on