Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini ta'minlaşga doir ustuvor çora-tadbirlar töğrisida

2017 yil 9 avgustda Özbekiston Respublikasi Prezidenti hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy, rivojlanişini ta'minlaşga doir yangi qarorini imzoladi. Quyida uning töliq matni e'lon qilinyapti.

Qisqa davr mobaynida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantiriş, birinçi navbatda, qişloq joylarida aholi uçun munosib hayot şaroitlarini yaratiş, şuningdek, islohotlarni amalga oşirişda fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini röyobga çiqarişga qaratilgan qator muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul qilindi.

Senatorlar va deputatlar korpusi, fuqarolar yiğinlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari vakillarini keng jalb etgan holda, joylarda işlarning haqiqiy ahvolini har tomonlama va çuqur örganiş, xalq bilan bevosita muloqotning sifat jihatdan yangi va samarali şakllarini joriy etiş böyiça aniq maqsadga yönaltirilgan çora-tadbirlarning natijalari mazkur dasturlar hamda hujjatlarning qabul qilinişiga asos böldi.

2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini amaliy röyobga çiqariş doirasida qabul qilingan 20 dan ortiq qonunlar, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 180 dan ortiq farmonlari va 450 dan ortiq qarorlarida nazarda tutilgan çora-tadbirlarning sözsiz, öz vaqtida va sifatli ijro etilişini ta'minlaş hozirgi bosqiçda közlangan maqsadlarga erişişning muhim şarti hisoblanadi.

Şu bilan birga, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, şuningdek, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari işini taşkil etiş va faoliyatini baholaşning amaldagi tizimi oldimizga qöyilgan vazifalarni samarali hal qilişga imkon bermayapti. Xususan,

birinçidan, ijro etuvçi va vakillik hokimiyati markaziy organlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan özaro hamkorligining darajasi hududlarda yeçimini kutayotgan muammolarni hal qiliş böyiça uyğun faoliyatni ta'minlamaydi. Aksariyat hollarda ularning faoliyati bir martalik xususiyatga ega, alohida topşiriqlarni bajarişdan iborat bölib qolgan. Buning ustiga, joylarda yiğilib qolgan muammolarni hal qiliş böyiça lozim darajada taşabbus körsatilmayapti;

ikkinçidan, ijro etuvçi va vakillik hokimiyati organlari mansabdor şaxslarining hududlarga xizmat safarlarini samarali muvofiqlaştirişning mavjud emasligi amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarning takrorlanişiga olib kelmoqda, oqibatda mahalliy davlat hokimiyati organlarini asosiy funksional majburiyatlarini bajarişdan çalğitmoqda;

uçinçidan, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonini baholaş amaliyoti joylarda işlarning haqiqiy ahvolini tanqidiy tahlil qilişga asoslanmagan, eng asosiysi, erişilgan iqtisodiy körsatkiçlar aholining hayot sifatiga qay darajada ijobiy ta'sir etayotganligiga qat'iy baho berilmayapti. Respublika davlat organlarining hududlardan ajralib qolganligi hududlarning öziga xos xususiyatlari, rivojlaniş darajasi va talab-ehtiyojini inobatga olgan holda, asoslantirilgan va har tomonlama puxta öylangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturlarini işlab çiqiş imkonini bermayapti;

törtinçidan, respublika va mahalliy byudjyet mablağlarini şakllantiriş va taqsimlaş, investitsiya dasturlarini işlab çiqiş hamda bajarişning amaldagi mexanizmlari, birinçi navbatda, eng ustuvor loyihalarni manzilli, öz vaqtida va mutanosib moliyalaştirişni ta'minlamayapti;

beşinçidan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning muhim dasturlarini amalga oşiriş böyiça aniq maqsadga yönaltirilgan işlarni taşkil etiş örniga aksariyat hollarda köplab yiğilişlar ötkazilmoqda va ularning yakuni böyiça çuqur öylanmagan qarorlar qabul qilinmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tuşgan, aholini arzon uy-joy va iş bilan ta'minlaş, sifatli kommunal xizmat körsatiş, soğliqni saqlaş, ta'lim va boşqa sohalardagi hayotiy muhim masalalar kötarilgan bir milliondan ortiq murojaatlar yuqoridagilardan dalolat bermoqda.

2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni sözsiz amalga oşiriş, işni taşkil etiş, birinçi navbatda, jamoatçilik oldida hisobot beriş şakllari va uslublarini tubdan takomillaştiriş, aholining hayot sifati va darajasini yuksaltiriş, davlat organlari rahbarlarining mas'uliyatsizligi holatlarining yuzaga kelişiga qat'iy ravişda barham beriş hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş maqsadida:

1. Vazirlar Mahkamasi, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahri, tumanlar (şaharlar) hokimlarining e'tibori Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan tadbirlar va topşiriqlarning ijrosini taşkil etişdagi jiddiy kamçiliklarga, şuningdek, körilayotgan çoralarning kutilayotgan natijalarni bermayotganligiga qaratilsin.

Körsatilgan rahbarlar Özbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida belgilangan vazifalarning sözsiz va samarali amalga oşirilişi uçun şaxsan javobgarligi haqida ogohlantirilsin.

2. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklarining joylarda işlarni taşkil etişning quyidagilarni nazarda tutuvçi mutlaqo yangi tizimini joriy qiliş haqidagi takliflari qabul qilinsin:

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, şaharlar hududlarini tegişliça Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi, viloyatlar va Toşkent şahri, tumanlar (şaharlar) hokimlari, prokuratura, içki işlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boşçilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlarga (keyingi örinlarda sektorlar deb yuritiladi) böliş;

sektorlar rahbarlariga hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş vazifalarini taşkil etiş va hal qiliş, şu jumladan, aholining eng muhim muammolarini yeçiş yuzasidan javobgarlik yuklaş hamda vakolatlar beriş;

hududlarni Özbekiston Respublikasining Boş vaziri va uning örinbosarlariga 1-ilovaga muvofiq biriktiriş;

soğliqni saqlaş sohasidagi islohotlarning amalga oşirilişi ustidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi tomonidan parlament nazoratining samarali şakllarini joriy etiş;

huquqbuzarliklarni profilaktika qiliş va ularning barvaqt oldini oliş böyiça kompleks çora-tadbirlarning amalga oşirilişi ustidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan parlament nazoratining samarali şakllarini joriy etiş.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati Kengaşlariga:

islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oşirilişini ta'minlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni tizimli va har tomonlama örganiş, umumlaştiriş hamda işlab çiqişga mas'ul bölgan deputat va senatorlarni hududlarga biriktiriş;

tegişli mansabdor şaxslarning, birinçi navbatda, aholi oldida davriy hisobot beriş tizimini, ularning faoliyatini baholaş mezonlarini, şuningdek, yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganlik uçun javobgarlik çoralarini nazarda tutgan holda, soğliqni saqlaş sohasidagi islohotlar, huquqbuzarliklarni profilaktika qiliş va ularning barvaqt oldini oliş çora-tadbirlarining amalga oşirilişi ustidan parlament nazoratining samarali şakllarini joriy etiş böyiça işlarni taşkil etişning namunaviy tartibini tasdiqlaş tavsiya etilsin.

3. Quyidagilar sektorlar rahbarlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

birinçidan, uy-joy kommunal va yöl xöjaligi, energiya, suv va issiqlik ta'minoti, transport qatnovi, arxitektura, arzon uy-joylar quriş, hududlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, namunaviy mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlarini şakllantiriş sohasidagi muammolarni aniqlaş hamda hal etiş böyiça aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni ötkaziş;

ikkinçidan, ijtimoiy muhofazaning manzilliligi, iste'mol bozorida narxlarning barqarorligi, ijtimoiy soha obektlari, eng avvalo, soğliqni saqlaş, ta'lim va boşqa muassasalarning samarali faoliyat körsatişini ta'minlaş böyiça ta'sirçan çora-tadbirlarni amalga oşiriş;

uçinçidan, hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantiriş, şu jumladan, ularning tabiiy, iqtisodiy va inson salohiyatidan samarali foydalaniş, qurilişi tugallanmagan obektlardan, foydalanilmayotgan işlab çiqariş va yer maydonlaridan oqilona foydalaniş, mahalliy byudjyetlarning daromad qismi va hududning eksport imkoniyatlarini kengaytiriş, joylarda zamonaviy bozor infratuzilmasini taşkil etiş, xizmat körsatiş, turizm sohalarini rivojlantiriş, tadbirkorlik sub'yektlariga amaliy yordam körsatiş hamda yangi iş örinlarini yaratiş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş;

törtinçidan, dehqon xöjaliklari, tomorqa uçun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalaniş, meva-sabzavotçilik, çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik, asalariçilik va boşqa faoliyat turlarini rivojlantiriş, qişloq xöjaligi işlab çiqarişini taşkil etişda fermer xöjaliklariga kömaklaşiş böyiça çoralar köriş;

beşinçidan, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan özaro hamkorlikda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoşlar örtasida profilaktika qiliş hamda ularning barvaqt oldini oliş böyiça ta'sirçan işlarni taşkil etiş.

4. Belgilansinki, sektorlar işini taşkil etiş 2-ilovada keltirilgan, quyidagilarni nazarda tutadigan Hududlar va tumanlar (şaharlar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar işini taşkil etiş sxemasiga muvofiq “mahalla – tuman(şahar) – viloyat – respublika” tamoyiliga köra amalga oşiriladi:

uyma-uy yuriş va aholi bilan uçraşuvlar asosida eng quyi böğinda – mahallada dolzarb muammolarni aniqlaş, ularni bevosita joyida bartaraf etiş yuzasidan aniq çoralar köriş, tuman (şahar)ni rivojlantiriş böyiça dasturlarga kiritiş uçun takliflar tayyorlaş va kiritiş;

mahallalarda aniqlangan muammolarni har tomonlama çuqur tahlil qiliş va umumlaştiriş asosida tumanlar (şaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça “yöl xaritalari”ni işlab çiqiş, tasdiqlaş hamda amalga oşiriş, tumanlar (şaharlar) xalq deputatlari Kengaşlari sessiyalarida hisobot beriş tizimini joriy etiş, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qiliş, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrini rivojlantiriş böyiça dasturlarga kiritiş, şuningdek, mansabdor şaxslarni javobgarlikka tortiş uçun takliflar tayyorlaş va kiritiş;

tumanlar (şaharlar)da aniqlangan muammolarni har tomonlama çuqur tahlil qiliş va umumlaştiriş asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça “yöl xaritalari”ni işlab çiqiş, tasdiqlaş hamda amalga oşiriş, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar xalq deputatlari Kengaşlari sessiyalarida hisobot beriş tizimini joriy etiş, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qiliş, davlat, hududiy, şu jumladan, Özbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga takliflar tayyorlaş va kiritiş, şuningdek, mansabdor şaxslarni javobgarlikka tortiş uçun takliflar tayyorlaş va kiritiş;

hududlar “yöl xaritalari” amalga oşirilişining samaradorligi yuzasidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har tomonlama tanqidiy tahlil va umumlaştiriş ötkaziş, şuningdek, davlat, hududiy, şu jumladan, Özbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini işlab çiqiş, tasdiqlaş hamda amalga oşiriş, Özbekiston Respublikasi Prezidenti oldida har çoraklik hisobot beriş tizimini joriy etiş, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qiliş, joylardagi tizimli kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça Hukumat qarorlari loyihalarini işlab çiqişni taşkil etiş, mansabdor şaxslarni javobgarlikka tortiş töğrisida takliflar kiritiş.

5. Belgilansinki, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar, tumanlar (şaharlar) Kengaşlari majlislarida har çorakda sektorlar rahbarlarining hisobotlari har bir hududga biriktirilgan mas'ul mansabdor şaxslar, deputatlar va senatorlar iştirokida eşitiladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar, tumanlar (şaharlar) Kengaşlariga sektorlar rahbarlarining hisobotlarini eşitişda quyidagi masalalarga e'tibor qaratiş tavsiya etilsin:

tegişli davrda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini tanqidiy baholaş;

aholi, tadbirkorlik sub'yektlari, fermer xöjaliklari, yoşlarni taşvişga solayotgan dolzarb muammolarni, şuningdek, hududning rivojlanişiga tösiq bölayotgan tizimli kamçiliklarni aniqlaş;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini va davlat, hududiy, şu jumladan, Özbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga kiritiş uçun takliflarni muhokama qiliş.

Hisobotlarni eşitişga hududlarni rivojlantiriş jarayoniga ta'sir körsatişning, şuningdek, sektorlar rahbarlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari mansabdor şaxslari mas'uliyatini oşirişning muhim vositalaridan biri sifatida qaralsin.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengaşiga sektorlar rahbarlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari mansabdor şaxslari hisobotlarini eşitişning aniq tartibini nazarda tutgan holda, Xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşining namunaviy reglamentini qayta körib çiqiş tavsiya etilsin.

6. Sektorlar işining şakllari va uslublarini, davlat organlari va taşkilotlari bilan hamkorligini, ularning vakolatlarini, şuningdek, hisobot berişi va faoliyatini baholaş tartibini nazarda tutadigan Tumanlar (şaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlarining işlarini taşkil etiş töğrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. Quyidagilar hududlarga biriktirilgan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri va uning örinbosarlarining asosiy vazifalari va funksiyalari etib belgilansin:

hududlarni komleks rivojlantiriş böyiça sektorlarning işini, eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişda orqada qolgan tumanlar va şaharlarda samarali taşkil etiş;

tumanlar, şaharlar, mahallalardagi yeçimini kutayotgan muammolarni hal qiliş böyiça işlarning samaradorligi va uyğunligini ta'minlaş maqsadida davlat va xöjalik boşqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, ularning mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari bilan uzviy hamkorligini taşkil etiş;

hududning işçanlik muhiti va işçanlik faolligini tahlil qiliş, tadbirkorlikni jadal rivojlantirişga tösiq bölayotgan dolzarb muammolarni hal etişga kömaklaşiş, şakllangan tadbirkorlik madaniyati va mahalliy an'analar, hududning öziga xos xususiyatlari va rivojlaniş darajasini inobatga olgan holda, hududni rivojlantiriş böyiça manzilli amaliy çora-tadbirlarni işlab çiqiş;

hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş ahvolini tahlil qiliş, amalga oşirilayotgan tadbirlarning aholi hayotining sifatiga ta'sir etiş darajasini oşiriş böyiça amaliy çora-tadbirlarni işlab çiqiş;

Hukumat, respublika davlat va xöjalik boşqaruvi organlari darajasida qaror qabul qilişni talab etadigan aniqlangan muammolarni bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş;

tegişli rahbarlarning faoliyatini tanqidiy tahlil qiliş yakunlari asosida ularni amaldagi rahbar kadrlar zaxirasiga qöşiş yoki egallab turgan lavozimidan ozod etişgaça bölgan intizomiy javobgarlikka tortiş haqida takliflar kiritiş.

8. Belgilab qöyilsinki:

hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş holatini, qonunlar, Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilişini örganiş hududlarga biriktirilgan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri va uning örinbosarlari tomonidan, qoida tariqasida, bir yöla kompleks örganiş (3-4 kun davomida) ötkaziş orqali muvofiqlaştiriladi;

hududlarga biriktirilgan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri va uning örinbosarlari iş vaqtining uçdan ikki qismidan kam bölmagan davrini joylarda işlarning haqiqiy ahvolini, şu jumladan, aholi bilan muloqot qiliş orqali örganişga ajratadi.

9. Kalendar yilning çorak yakuni böyiça majlislarga tayyorgarlik köriş va ötkazişning hozirgi amaliyoti samarasiz hamda eskirgan deb topilsin.

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlarini sarhisob qilişning yangilangan konsepsiyasi 4-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq joriy qilinsin va quyidagilar uning asosiy yönalişlari etib belgilansin:

tuman (şahar) va viloyat darajasida, birinçi navbatda, fuqarolar, tadbirkorlik sub'yektlari, deputatlar va senatorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari tomonidan kötarilgan eng dolzarb muammolarni aniqlaş, şuningdek, ularning yeçimi böyiça aniq çoralar köriş;

davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, işbilarmon doiralar va ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb qiliş orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturlari bajarilişi monitoringining oçiqligi va xolisligini oşiriş;

amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar va erişilgan körsatkiçlarning, ayniqsa, qişloq joylarida aholining hayot darajasi va sifatiga real ta'sirini hisobga olgan holda maqroiqtisodiy tahlil ötkaziş;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş ahvoli, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat idoralari takliflari, aholi ehtiyojlarining har tomonlama va çuqur tahlili asosida Özbekiston Respublikasining investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantiriş dasturlarini şakllantiriş;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş vazifalarini, şu jumladan, joylarda yeçimini kutayotgan muammolarni hal qilişda davlat va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlari hamda xodimlarining mas'uliyati va taşabbuskorligini oşiriş;

Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilişini nazorat va monitoring qilişning ta'sirçan mexanizmlarini joriy etiş.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlarini sarhisob qilişning yangi konsepsiyasini işlab çiqsin va tasdiqlasin.

10. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini örganişning yangi mexanizmlarini joriy etiş böyiça komissiya 5-ilovaga muvofiq tarkibda taşkil etilsin.

11. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir oy muddatda sektorlar rahbarlari, davlat organlari mansabdor şaxslari va xodimlari örtasida mazkur qaror talablarini tuşuntiriş böyiça işlarni taşkil etsin;

2017 yil 20 avgustga qadar muddatda joylarda aniqlangan muammo va kamçiliklarni har tomonlama tahlil etiş va umumlaştiriş asosida namunaviy “Yöl xaritasi”ni hamda sektorlar rahbarlarining namunaviy iş tartibini işlab çiqsin;

bir oy muddatda sektorlar rahbarlari faoliyatining moddiy-texnika ta'minotini yaxşilaş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşirsin;

2018 yil 1 yanvarga qadar muddatda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini va bajaradigan işlar hajmini tanqidiy örganiş asosida ularning tuzilmasi, vazifalari, funksiya va vakolatlarini optimallaştiriş böyiça takliflar kiritsin.

12. Asossiz, samarasi kam, amaliy ahamiyatga ega bölmagan, davlat organlari va boşqa taşkilotlarning mansabdor şaxslariga keraksiz ma'muriy iş hajmini oşiradigan va yuklatilgan vazifalarni bajarişdan çalğitadigan idoralararo yiğilişlarni ötkaziş qat'iy taqiqlansin.

Davlat hokimiyati organlari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlariga ötkaziladigan yiğilişlarga körib çiqiladigan masalalarga bevosita aloqador bölmagan davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlarining mansabdor şaxslari taklif qilinişi va iştirok etişiga yöl qöyilmasligi körsatib ötilsin.

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi körsatilgan talablarning qat'iy bajarilişi ustidan lozim darajada monitoring olib borilişini ta'minlasin.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda kollegial yiğilişlar ötkaziş zaruratini asoslovçi aniq mezonlarni, ularda iştirok etuvçi şaxslar doirasini belgilaşni, şuningdek, yiğilişlar yakunlarining natijadorligiga talablarni nazarda tutgan holda, barça darajalarda yiğilişlarni taşabbus qiliş, unga tayyorgarlik köriş va ötkaziş tartibini işlab çiqsin hamda tasdiqlasin.

13. Özbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş, jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmati (T.Xudaybergenov) Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi va Hisob palatasi bilan birgalikda:

sektorlar rahbarlarining faoliyatini ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilişi yuzasidan doimiy monitoring qilişni, hududlarning rivojlaniş ahvolidagi real özgarişlardan va boşqa haqqoniy mezonlardan kelib çiqib, ularning faoliyatini xolisona baholaşni ta'minlasin;

Özbekiston Respublikasi Prezidentiga har çorakda alohida örnak körsatgan sektorlar rahbarlari, davlat organlarining mansabdor şaxslari va xodimlarini rağbatlantiriş yoki yöl qöyilgan jiddiy kamçiliklar uçun ularni lavozimidan ozod etişgaça bölgan javobgarlikka tortiş böyiça takliflar kiritsin.

14. Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi va Hisob palatasi bilan birgalikda uç oy muddatda tanqidiy tahlil asosida Respublika va mahalliy byudjyet mablağlarini şakllantiriş va taqsimlaş, investitsiya dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşirişning samarali hamda şaffof mexanizmlarini joriy etiş böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N.Aripov, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçilari U.S.Ismailov, V.A.Golişev, T.A.Xudaybergenov, O.B.Murodov, Özbekiston Respublikasining Boş prokurori I.B.Abdullayev zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasi
Prezidenti Ş.Mirziyoyev