Saudiya Arabistonining SAUDIA aviakompaniyasi erkaklarning şorti, ayollarning esa tor kiyim kiyişlarini nojoiz xatti-harakatga tenglaştirib, yölovçilar dress-kodini kiritdi.
Taşuvçi qoidalariga töğri kelmasligi bois bir neça yölovçi kompaniyaning reyslariga qöyilmagan, deyiladi Makkah gazetasida. Naşrga köra, qöniş çiptasi borligiga qaramay, ba'zilar reysdan qaytarilgan. Bu voqealar aviakompaniya yangi qoidalarni öz saytida taqdim etgunga qadar röy bergan.
"Atrofdagilarga noqulaylik tuğdiradigan körinişda (ayollar - oyoq-qöllari oçiq yoki haddan taşqari tor kiyim, erkaklar - oyoqlarni yopmaydigan şorti) kiyingan yölovçilar jamoatçilik tartibini buzgan hisoblanadi", - deyiladi kompaniya saytida taqdim etilgan yölovçilar xatti-harakatlariga doir qoidalarda. Röyxat umumiy hisobda 15 punktdan iborat.
Ar-Riyod Turizm departamentining sobiq rahbari Ali Ğamdiyning sözlariga köra, bunday qoidalar göyoki Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi taşkiloti şartlari bölib, butun dunyo aviakompaniyalarida qöllanadi.












