Özbekistonda xususiy mulk daxlsizligi kafolatlab qöyilgan, har kim özining kiçik vataniga ega bölişga haqli. Mamlakatda namunali uylar qurilişi yölga qöyilişi barobarida fuqarolarning uy-joyga bölgan ehtiyoji qondiriş közda tutilgan.
Lekin mazkur loyihaga oid köpdan-köp kamçiliklar uçramoqdaki, endi bunga köz yumib bölmaydi. Bunday uylar qurilişida mablağlar özlaştirilmoqda, yaşaşga yaroqsiz, sifati past uylar barpo etilmoqda.
Zangiota tumani, «Turkiston» QFY, A.Ikromov massivida (ötgan oydagi özgarişlardan keyin bu hudud Zangitota tumanidan ajralib, qayta taşkil qilingan Toşkent tumani hududiga ötgan, «Köksaroy» QFY - tahr.) namunaviy uylar qurilişida oçiq-oydin mas'uliyatsizlikka yöl qöyilmoqda. Uşbu hududda uylarga buyurtma bergan fuqarolar quriliş jarayonidagi sustkaşlik va kamçiliklardan qattiq norozi. «Kun» tahririyatiga qilingan murojaatda hokimlik, buyurtmaçi va pudratçi «uçburçagi» fuqarolarni sarson qilib kelayotgani bayon etilgan.
«Namunasiz uy»
Muammolarimni batafsil yozmayman, çunki agar batafsil yozsam uning asosida «Namunasiz uy» degan milliy serial oliş mumkin böladi.
Men Bakirov Otabek Orifoviç 1979 yilda tuğilganman. Oilaliman. Ikki nafar farzandim bor. Öz şaxsiy uy-joyim yöq, kvartirada ijarada turaman.
Namunaviy loyiha asosida Toşkent viloyat Zangiota tumani Turkiston QFY Akmal Ikromov massivida 14- uy böyiça «Qişloq quriliş invest» MÇJ IK Toşkent viloyat filiali bilan 2015 yil 21 iyuldagi 12- sonli Dastlabki va 2016 yil 20 fevraldagi uy-joy qurişga buyurtmaçi funksiyasini amalga oşiriş böyiça Asosiy şartnoma imzolaganman. Pudratçi – «Halim Lyuks stroy» XK.
2016 yil may oyida belgilangan massivda namunali uy qurilişi boşlandi. Muammo şundaki, qurilişi işlari boşlangandan buyon amalga oşirilayotgan quriliş işlari öta sifatsizligidan xunobim çiqadi. Bu borada Pudratçi taşkilot - «Halim Lyuks stroy» XK va buyurtmaçi - «Qişloq quriliş invest» MÇJ vakillariga doimiy ravişda öz e'tiroz va şikoyatlarimni oğzaki va yozma ravişda bildirib kelganman. Quriliş işlari boşlagandan buyon işlar turli va tinimsiz almaşinib turgan işçi-brigadalari tomonidan amalga oşirildi, masalan, ğişt teruvçiga e'tiroz bildirsang, poydevor quyganni ayblaydi, qora suvoqdan şikoyat qilsang, ğişt teruvçini aybdor körsatadi, pol qilgandan şikoyat qilsang, styajka quygandan söra deydi v.h.k. Ya'ni, hamma öziça oppoq va hamma bosqiçda göyoki undan avvalgi işlarni bajarganlar aybdor. Birgina menga tegişli uyda quriliş işlari boşlangandan tugagunga qadar 15dan ortiq işçi brigada almaşdi.


























