Istiqlolga erişganimizdan keyin yurtimizning köplab joylarida bir paytlar dahriy kommunistlar tomonidan yopib qöyilgan masjidlar çiroyli ta'mirlanib, qaytadan oçildi. Köp joylarda yangidan masjidlar qurildi.
Quvonarlisi, bu jarayon hanuzgaça davom etmoqda. Yurtimizning turli joylarida yangi masjidlar qurilib, yurtimiz musulmonlari ixtiyoriga topşirilmoqda. Ana şunday yangi va zamonaviy usulda qurilayotgan masjidlardan biri Urgut şahrida barpo etilmoqda.
Hozirgi kunda quriliş işlari jadallik bilan davom etmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, bu masjid tegişli taşkilotlardan ruxsat olgan holda aholi tomonidan haşar yöli bilan bunyod etilmoqda.

Quriliş işlariga tuman boş imom xatibi mulla Şodi Haqberdiyev domla boş-qoş bölmoqda. Masjid 55 metrga 45 metr ölçamda qad rostlamoqda. Uning tört tarafida minora qad rostlaydi va minoralarning balandligi 40 metr böladi.


Masjid xonaqohi gumbaz şaklida yopiladi va gumbaz aylanasining diametri 18 metrni taşkil etadi. Gumbazning balandligi esa 30 metr böladi. Masjidga yondoş hududda yirik avtoturargoh ham barpo etiladi.


Yangi masjid şu yilning söngiga qadar oçilişi möljallangan.
Öz muxbirimiz








