Vazirlar Mahkamasining 31.07.2017 yildagi 563-son qarori bilan 2017-2021 yillarda dermatovenerologiya xizmatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi ma'qullandi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Uning asosiy yönalişlari:
• dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya sohasida tibbiy xizmat körsatiş sifatini oşirişga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş;
• dermatovenerologik kasalliklar va ularning asoratlarini profilaktika qiliş va barvaqt aniqlaş çora-tadbirlarini takomillaştiriş;
• aholining dermatovenerologik kasalliklarni taşxislaş va davolaşning zamonaviy yuqori texnologiyali uslublaridan foydalaniş imkoniyatlarini yaxşilaş;
• kadrlar salohiyatini mustahkamlaş, dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş;
• dermatovenerologiya xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş.
Dastur doirasida Qaşqadaryo, Navoiy, Sirdaryo teri-tanosil dispanserlari hamda Şahrisabz viloyat teri-tanosil kasalxonasining qurilişi közda tutilgan. Yana 11 ta şunday obektlar rekonstruksiya qilinadi va 1 tasi kapital ta'mirlanadi.
Dasturni moliyalaştirişning umumiy hajmi – 57,6 mlrd söm va 6 mln AQŞ dollari.
Şu bilan birga kelgusi yilda quyidagilar taşkil etiladi:
1 – viloyat markazlaridan uzoqda joylaşgan aholini töliq qamrab olişni hisobga olgan holda Bekobod şahri, Denov, Törtköl va Yangiqörğon tumanlarida tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanseri.
2 – Respublika ixtisoslaştirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidagi dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya eksperimental ilmiy laboratoriyasi.
U mazkur sohada zamonaviy ilmiy yutuqlarni rivojlantiriş va tatbiq etiş, epidemiologik holat monitoringi hamda dermatologik kasalliklar va ularning asoratlarini profilaktika qilişning samarali dasturlarini işlab çiqiş böyiça muvofiqlaştiriş-uslubiy işlar bilan şuğullanadi.









