2017 yilning ikkinçi çoragida Mail.ru Group daromadi 36,8 foizga ösib, 13,1 mlrd rublni taşkil etdi. Kompaniyaning ma'lum qilişiça, bu 2012 yildan beri rekord darajadagi tuşumdir. Guruhning EBITDA körsatkiçi aprel-iyun oylarida 6,5 foizga oşib, 4,6 mlrd rublni taşkil etmoqda. EBITDA böyiça rentabellik 35 foizdir.
Sof foyda 2,1 foiz ösib, 3 mlrd rublni taşkil etgan. Tahlilçilar daromad 12, 3 mlrd rubl, EBITDA — 4,7 mlrd, sof daromad — 3,3 mlrd rubl bölişini taxmin qilişgan edi. Daromadning asosiy qismi reklamadan tuşgan. Bu boradagi körsatkiç 28,7 foizga ösib, 5,4 mlrd rublni taşkil etgan. Ta'kidlanişiça, reklamadan tuşayotgan daromad ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklar tasmasi, video va mobil reklamadandir.
MMO-öyinlar daromadi 53,6 foizga ösgan va 3,8 mlrd rublni taşkil etgan. Kompaniyaning qayd etişiça, guruhning xorijiy daromadi uluşi ilk marta 50 foizga yetmoqda. IVAS segmenti (ijtimoiy xizmatlar uçun foydalanuvçilar tölovi) bir neça yillar davomidagi turğunlikdan söng, birinçi marta ijobiy ösişni qayd etdi. Daromad 24,4 foizga ösib, 3,4 mlrd rublni taşkil etdi.
Sof pul qoldiği iyun oyi oxirida 8,6 mlrd rublni taşkil etgan.

















