Içki işlar vazirining buyruği (2017 yil 1 avgust) bilan Muhrlar va ştamplarni tayyorlaş, saqlaş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Ilgari jismoniy şaxslar öz ehtiyojlari uçun şaxsiy ştapmlardan foydalaniş huquqiga ega edilar. IFO tuşirilgan şaxsiy ştampni tayyorlaş uçun ruxsatnoma oliş zarur edi. Buning uçun içki işlar organlariga ariza topşirib, ştamp eskizining şaxsiy imzosi bilan tasdiqlangan 2 nusxasini ilova qiliş zarur edi.
Kiritilgan tuzatişlar natijasida mazkur tartib öz kuçini yöqotdi. Şu tariqa, şaxsiy ştamplar boşqa tayyorlanmaydi.
Bundan taşqari, muhr va ştamplarni tayyorlaş tartibi aniqlaştiriladi. Quyidagilar aniqlaştirildi:
• Adliya vazirligi, IIV, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, MBda davlat röyxatidan (akkreditatsiyadan) ötkazilgan yoxud Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan taşkil etilgan yuridik şaxslarning filiallari va vakolatxonalariga ularni IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boş boşqarmasi beradi;
• Qoraqalpoğiston Adliya vazirligi, Toşkent şahri va viloyatlar adliya boşqarmalarida davlat röyxatidan ötkazilgan (hisobga qöyilgan) alohida bölinmalarga – Qoraqalpoğiston IIV, Toşkent şahri IIBB va viloyatlar IIBning Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boş boşqarmasi beradi.











