Tokioning Xaneda xalqaro aeroportida nogironlar uçun Panasonic kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan avtopilotli aravaçalar sinovlari boşlandi. 2020 yilgi Olimpiya öyinlariga qadar Yaponiyadagi barça aeroportlarni şunday aravaçalar bilan ta'minlaş közda tutilgan. Test rejimi 2018 yilning bahoriga qadar davom etadi.
Mustaqil boşqariluvçi aravaçalar mamlakatga samolyotda kelib-ketuvçi va jismoniy yordamga muhtoj mehmonlarga yordam beradi. Panasonic aravaçasi yölovçini registratsiya bölimiga keltiradi, keyin esa butun aeroport böylab harakatlanadi va u bilan samolyot kutadi. Sayyohni kerakli nuqtaga yetkazgan aravaça avtomatik ravişda keyingi yölovçiga yordamga keladi.

Aravaçani boşqariş uçun maxsus ilova yaratilgan, şu bois jismoniy imkoniyatlari çeklangan kişi Yaponiyaga Olimpiya öyinlariga taşrif buyurişidan oldin uşbu ilovani yuklab olişi va aravaçaning dastur hamda funksiyalari bilan tanişişi mumkin.
Panasonic aravaçasi mustaqil harakatlanişi uçun inşootlar xaritasini çizib, tösiqlar va odamlarni çetlab ötişga yordam beradigan maxsus dasturiy ta'minotdan foydalanadi. Qurilma şuningdek köplab datçiklar va sensorlar bilan jihozlangan.

















