Nima uçun iqtisodiyotda «qora bozor» paydo böladi va qaçon bunga yöl qöyilişi şart? Har bir xöjalikning markaziy omili bozor ekan, uning soğlom faoliyat olib borişi murakkab amaliyotlarni tuşunişni talab qiladi. Şunday qilib, biz sodda va nazariy jihatdan «qora bozor» atalmiş fenomenaning mohiyatiga töxtalib ötsak.

«Qora bozor» bu noqonuniy tovar va xizmatlar munosabati yuzaga keladigan ijtimoiy maydon bölib, rasmiy bozor mexanizmining bir bölagi hisoblanadi. Şu bilan birga mavjud talab va taklif qoidalariga ham böysunadi. Asosiy farqli jihati şundaki, «qora bozor»da soliq majburiyatlari yöq hamda har bir amaliyot davlat tomonidan tartibga solinmaydi.

Uning paydo böliş omillari quyidagilar bölişi mumkin: mamlakat iqtisodiyoti, milliy/mahalliy qonunçilikning öziga xos tomonlari, tovar yetişmovçiligi, ayni içki siyosiy holat va boşqalar.

Sobiq Sovet mamlakatida kapitalistik ruxdagi bozor iqtisodiyotiga xos amaliyotlar, ya'ni tadbirkorlik, xususiy işlab çiqariş qonunan man etilgan edi. Lekin, talab va taklif öz örnida qolaveradi, «qora bozor» esa bu «çanqoq»ni bosiş uçun yordamga şoşilgan. Hattoki, sovet luğatida «iz pod-prilavka», «iz pod poly», «sexovik» kabi sözlar paydo bölgan.

Xöş, paydo böliş omillariga köra turli bölgan «qora bozor» nima sababdan paydo böladi?

Avvalo, ta'kidlab ötiş joizki, bunday bozor munosabatining yuritilişi iqtisodiyot uçun katta xavf tuğdirmaydi.

Davlatning bozor munosabatlarini qattiq nazoratga olişi va bir kun kelib, boşqarib bölmas «kasal» bozorni yaratib qöyişi «parallel olam»dagi bozorning kurtak otişiga olib keladi. Hukumat qançalik erkin bozor munosabatlariga bosimni kuçaytirsa (qonunçilik, soliq va siyosiy munosabatlar misolida), uning «ukasi» şunçalik gullab yaşnaydi.

1980 yil 16 aprelda mustaqillikka erişgan Zimbabve misolida bu tuşunça ança oson tuşuniladi. Istiqlolning dastlabki yillarida 1 Zimbabve dollarining qiymati 1 AQŞ dollaridan yuqori etib belgilangan edi. Vaqt ötişi bilan iqtisodiyot sezilarli yutuqlarga erişa boşladi. Tamaki va don mahsulotlarini, qurğoqçilik kuzatilmagan yillarda, yetiştiriş katta foyda keltira boşladi.  

Ammo, Zimbabve prezidenti Robert Mugabe 1991-1996 yillar davomidagi faoliyatida «Iqtisodiy muvofiqlaştiriş dasturi»ni qabul qildi. Qaror puxta öylab qabul qilinmagan çoği, kelgusi yillarda mamlakat iqtisodiyotida sezilarli tuşiş kuzatildi. Bundan taşqari, prezident irqçilikka moyillik bildirib, oq tanli fuqarolar tasaruffidagi ferma yerlarni qora tanli dehqonlar foydasiga musodara qilişga qaror qildi. Tajribasiz fermerlar yer bilan işlaşi samarali natijani körsatmadi, 1990 yillarda amalga oşirilgan agro islohot 1999-2009 yillarda oziq-ovqat yetişmovçiligiga sababçi bölib qoldi, desak mubolağa bölmaydi. Işsizlik körsatkiçi 2008 yilga kelib 80 foizga yetdi.