NASA koinot agentligi Yerning Oy sirtidan olingan birinçi suratini namoyiş qildi. Uşbu noyob surat 51 yil avval olingan bölsa-da, biroq agentlik uni butun dunyoga endi körsatişga qaror qildi. Surat agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida joylaştirildi.

Ma'lum qilinişiça, surat 1966 yil 10 avgustda öşa paytda eng mukammal sanalgan Lunar Orbiter lunoxodi yordamida olingan. Şu kuni qurilma Oy sirtidan hammasi bölib 3 mingdan köproq surat olgan. Biroq aytiş joizki, suratlarning aksariyat qismida bevosita Oy sirti aks etgan. 

Öşa vaqtda Oyga uning sirtini örganiş uçun 5 ta Lunar Orbiter qurilmasi jönatilgan. Lunoxodlar Oyning sirti böylab sekin-asta harakatlanib, har bir nuqtada bir neçtadan surat olganlar.