2017 yilning 7 avgust kuni taxminan soat 23:50 larda uç nafar noma'lum şaxs bosqinçilik yöli bilan özganing mol-mulkini talon-toroj qiliş maqsadida Sergeli tumani hududida fuqaro Sur'at Valiyevning (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) boşqaruvida bölgan “Spark” rusumli avtomaşinaga yölovçi sifatida ötirib, uning soğligi va xayoti uçun xavfli bölgan zörlik işlatib, böyniga arqon taşlab, piçoq bilan qörqitib, mol-mulkini ularga berişini talab qilişgan, biroq S.Valiyev ularga qarşilik körsatib, avtomaşina salonidan tuşib ketgan, şunda talonçilar ham jinoyat sodir etilgan joydan yaşiringanlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “a” va “v” bandlari (bosqinçilik, ya'ni bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, qurol sifatida foydalaniş mumkin bölgan narsalarni işlatib, özganing mulkini talon-toroj qiliş maqsadida hujum qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Aleksandr Pak va voyaga yetmagan Yan Kalan, Roman Şepelevlar sodir etganliklari aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda. 

Foto: guvd.uz

Yuqoridagi şaxslarning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişlari mumkin.