XPKning Andijon viloyatida taşkil etilgan sayyor sessiyasida viloyat futbolini rivojlantiriş masalasi ham e'tibordan çetda qolmadi. Aholi vakillari viloyat futbol jamoasi moddiy-texnik bazasini yaxşilaş borasida qanday işlar amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Bundan taşqari, futbol muxlislariga qulaylik barpo etiş maqsadida öyinlarni keçki vaqtga belgilaş qaçon amalga oşiriladi va qaçon viloyat jamoasi katta maydonlarga çiqadi, kabi savollar bilan murojaat qilişgan.
“Futbol masalasida, özimizning, Andijon futbolini rivojlantiriş, Andijon yoşlaridan jamoa tuziş degan narsa umuman mavzudan çiqib ketgan. Neça yillar mobaynida çetdan futbolçi olib kelişib, mlrd-mlrd mablağ sarflab, qandaydir ma'lum muddatga obro‘ qozonişgan, yutd-yutdi qilib. Ammo, negizida Andijonning birorta futbolçisi yöq. Vaholanki, viloyatda futbol akademiyasi bor. Futbol maktablari bor. Ammo öyinçi yöq. Menga murojaat qilişadi, falonçi murabbiy yoki öyinçini olib kelsang, bunday natija böladi, deb aytişadi. Ammo 3-4 yillik natijadan keyin yana ahvol şu bölsa, mahalliy futbol rivojlanmasa, nma qilamiz özimiznii aldab, milliardlab mablağni sovurib”, - dedi Andijon viloyati hokimi.
Bu masalaga qöşimça qilgan viloyat futbol federatsiyasi birinçi vitse-prezidentining aytişiça, şu paytga qadar asosiy e'tibor viloyat jamoasini oliy ligada saqlab qolişga qaratilgan. Uning aytişiça, bugungi kunda viloyat futbolini 2017-2021 yillarda rivojlantiriş böyiça dastur mavjud. Viloyat futboliga boş mas'ulning e'tirof etişiça, respublikaning “Bunyodkor”,”Paxtakor”, “Nasaf” jamoalari yoş va iqtidorli futbolçilarni tanlab oliş, ya'ni seleksiya işlariga jiddiy yondaşiladi. Şu boisdan ham respublikadagi yetakçi klublar har birlarining akademiyalarida asli andijonlik, ammo öşa klublar şarafini himoya qilayotgan futbolçi yoşlar 5-6 nafarni taşkil etadi. Bugungi kunda ularni ham viloyatga qaytariş borasida işlab olib borilmoqda”, - degan vitse-prezident. Şu bilan birga, viloyatdagi futbol murabbiylar tumanlarda yurib iqtidorlarni tanlaş işlarini olib bormoqda.
Bu masalada moderator Şerzodxon Qudratxöjayev ham bu masalaga öz fikrini bildirar ekan, sohani rivojlantiriş böyiça bir neça yillar mobaynida mablağlar töğri, joyiga sarflanganida kamida 10 ta jamoa eng kuçli klublarga aylanar edi.”Afsuski, bu sohada ham taniş-bilişçilik, poraxörlik va byurokratiya avj olganini tan oliş kerak. Bizlarda futbolda mulozimlar bor. Yaqinda Press-klubga taklif qildim. Yarmi keldi, yarmi kelmadi. Qança gap-söz böldi. Mana avgust oyi, sentabr yaqinlaşmoqda. Köramiz ular qanday natija körsatişarkan? Biz barça sohalarda bölgani kabi futbolda ham işlaydigan tizim barpo etişimiz kerak”, - deya öz şaxsiy fikrlari bilan ham örtoqlaşdi XPK raisi Qudratxöjayev.











