«Aş-Şabab» radikal islom guruhining sobiq rahbari Muxtor Robou Abu Mansur Somali hukumati tomonga ötdi. Bu haqida harbiy amaldor bergan ma'lumotga asoslanib, Reuters agentligi xabar qildi.
Agentlik ma'lumotlariga köra, ikki oy avval AQŞ uning qölga olinişi uçun va'da qilgan 5 million dollar mukofot pulini bekor qilgandi.
"Robou va uning yetti soqçisi hozirda mahalliy amaldorlar bilan Xuddur şahrida. U tez orada Mogadişoga parvoz qiladi", - deya ta'kidladi Nur Muhammad.
Oçiq manbalar ma'lumotlariga köra, Abu Mansur "Robou" nomi bilan maşhur. Avval u «Aş-Şabab»ning rahbari va rasmiy vakili bölgan.
2012 yilda «Aş-Şabab» guruhi «Al-Qoida» terrorçi taşkiloti bilan birlaşgan.











