Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mbappe transferi «PSJ»ga Neymar transferidan qimmatga tushadi
«PSJ» klubi «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, knyazlik klubi parijliklarning 18 yoshli futbolchisi uchun taklif qilgan 190 million yevro narxga rozilik bildirgan.
Ammo Mbappega qo‘shimcha to‘lanadigan bonuslar evaziga uning transferi «PSJ» «Barselona»ga Neymar uchun to‘lagan 222 million yevrodan qimmatroqqa tushadi.
Natijada, Mbappening «PSJ»ga o‘tishi futbol tarixidagi yangi transfer rekordi bo‘lishi mumkin.
Oldinroq, parijliklar hujumchi bilan 5 yillik shartnoma tuzishga kelishib olgani, uning yillik maoshi barcha soliqlarni chiqarib tashlaganda 10 mln yevro bo‘lishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026