Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni joylarda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar borişi bilan tanişiş maqsadida Toşkent viloyati Olmaliq şahriga borgani xabar qilingan edi. Prezident şaharda amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi. 

Şahar faollari bilan ötkazilgan yiğilişda sözga çiqqan davlat rahbari şahardagi holatdan umuman qoniqmaganini aytar ekan, qator kamçiliklarni qayd etdi. Mirziyoyevning ta'kidlaşiça, Olmaliq şahri namunasida şahar va tumanlarning rahbar törtliklari (hokim, prokuror, içki işlar, soliq idorasi rahbarlari) öz hududlarini tört qismga bölgan holda aholi bilan birga istiqomat qilişini, aholida elektr energiyasi bölmasa, ular ham şu şaroitda yaşaşini, yöl bölmasa, yölsiz joyda yaşaşini, fuqarolar qanday şaroitlarda istiqomat qilsa, şundan xabardor bölişlari böyiça çoralar körilişini ta'kidladi. 

Şu bilan birga, Olmaliq şahrida öz vazifalarini bajarişda yöl qöyilgan kamçiliklari uçun şahar hokimi, prokurori, içki işlar idorasi rahbari va soliq boşqarmasi boşliği işdan olingan.