Ota-ona uçun farzand hayotining davomçisi, közining oqu qorasi hisoblanadi. Ular farzandining ösib-ulğayişi uçun jonini jabborga berib, mehnat qiladi. Özi yemaganini yediradi, kiymaganini kiydiradi. Evaziga bolasining aqlli-huşli, odob-axloqli, komil inson bölib yetişib, “otangga rahmat!” degan maqtov olib kelişini xohlaşadi. Bu barçaning niyati. Qolaversa, ular keksayib, kuç-quvvatdan qolganda taniga mador, beliga quvvat bölişini ham istaşadi. Xudoga şukur, bunday öğil-qizlarimizning sanoğidan adaşamiz. Lekin afsus bilan aytişimiz kerak, ota-onalik mehrini suiiste'mol qilib, böyi böylaridek, yoşi falonga yetsa ham ota-onaga rahmat emas, faqat taşviş keltirayotgan, ularni el-yurt oldida boşini egayotgan farzandlar ham uçraydiki, bunday öğil-qizning, ayniqsa, yigitlarning qilmişlari köpçilikning nafratiga uçraydi, xolos.
Birinçi misol
Mahmud (ba'zi bir sabablarga köra familiyalari körsatilmadi) oilada kamlik körmay ösdi. Erka öğil emasmi, aytgani-aytgan, degani-degan, ota-onaga “falon narsa olib bering”, deb iltimos emas buyruq qilardi. Şu tariqa, yayrab-yaşnab voyaga yetgan yigit, ança vaqtgaça ota-onasining “soya”sida turmuşning aççiq-çuçigini qöştirnoq ostida “totdi” desak mubolağa bölmaydi. Nega desangiz, uni yigirma yoşida uylantirib qöygaç ham rözğorini ota-onasi bir maromda tebratib bordi. Mahmud qöşnilarining közini şamğalat qiliş maqsadida avval taşkilotlarda, keyin ustaçilik bilan nomigagina işladi. Ammo jöravozlikni kanda qilmadi. Ulfatçilik, maişatbozlik uning kun tartibidan örin olgandi.
Hamma işning çeki, çegarasi bölganidek, Mahmudni bunday yurişi Yaratganga ham xuş kelmadi. Qolaversa, özidan ketib, jinoyatga ham qöl urdi. U jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan ayblandi. Yaxşiyamki, mamlakatimizda insonparvarlik tamoyili bor ekan. Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Amnistiya töğrisida”gi Farmonini tegişli bandiga asosan sodir etilgan jinoyati tugatildi.
Mahmudning mehnat faoliyatiga keladigan bölsak, u asosan uydagi avtomaşinalarning kuzovini ta'mirlaş ustaxonasida işlardi. Ayniqsa, mijozlarining buyurtmasini qoyilmaqom bajargaç, ular xursand bölişganida xizmat haqiga qöşimça ravişda ziyofat ham berişardi. Ana şu ziyofatlar uni butunlay spirtli içimlikka ruju qöyişiga sabab böldi. Bora-bora uning xurmaça qiliqlari tufayli mijozlarni “oyoği uzila” boşladi. Şuning uçun ham u otasidan pul talab qiladigan böldi. Deyarli har kuni mast, uyda esa maşmaşa, janjal. Içkilikning dastidan birinçi xotini bilan ajraşgan, ikkinçisiga ham kun bermasdi. Ularni ajratişga tuşganlarini esa ayamay döpposlardi. Köpinça otasi örtaga tuşib, öz puşti kamaridan tayoq yer edi.
Örni kelganda bir narsani aytib ötsam. Bu muştumzör öğil kiçkina emas: yoşi qirq beşga yaqinlaşgan. Hatto bir nafar nabirasi ham bor. Ammo bosilişni sira xayoliga keltirmasdi. Yana bir dalilni keltirsam. Mahmud doimiy ravişda spirtli içimlik iste'mol qilganligi bois viloyat narkologiya dispanserida bir neça marotaba yotib davolanib çiqqandi. Baribir buning foydasi bölmadi. Har kuni hovlida “sirk tomoşasi” qöyilardi. Oila a'zolaridan taşqari, qöşnilari ham bezor bölib ketgandi, uning dastidan.
Ana şunday “tomoşa”larning birida fojia yuz berdi. Mahmud arzimagan bahonai sabab bilan otasini ayovsiz döpposlab va belkurak bilan şafqatsizlarça urib, qovurğalarini hamda burun suyagini sindirdi. Otasi holdan toyib yiqilgaç esa uni buğib, hayoti uçun xavfli bölgan oğir tan jarohatlari yetkazdi. Nihoyat otani qasddan öldirdi.
Jinoyat jazosiz qolmadi. Mastlik oqibatida öz padarini öldirgan Mahmud sud hukmi bilan ön yetti yil ozodlikdan mahrum etildi.
Bir donişmanddan: “Yer yuzida tiriklar köpmi, öliklarmi?”, deb söraşganda u öliklar köp deb, javob qilgan ekan. “Negaki qalb közi yumuq odamlarni ham men öliklar qatoriga qöşaman”. Mahmudning bu qadar şafqatsizlarça inson hayotiga nuqta qöyişiga qalban söqirligi sabab emasmi?..
Ikkinçi misol
...Jasur qişloqda bölayotgan töyga bordi. Töyda spirtli içimlik qöyilişi tabiiy hol. Uning içişini qişloqdoşlari bilardi. Qorni oçmi, yo töqmi heç kim söramadi. Ketma-ket uzatilgan aroqlardan töyib içdi va u “yetilib” qoldi.
Töyxonadan dabdirab-sabdirab çiqib, uyiga ravona böldi. Uyida taxminan ikki soatça xotini va onasiga “leksiya” öqidi. Söngra xotiniga: “Somsa yeyişga boramiz, otlan”, dedi. Xotini esa keç bölganligini “eslatib” qöydi. Jasur bölsa yana dabdirab sudralib, köçaga çiqdi. Onaizori xavotirlanib, uyga olib kirmoqçi böldi. Ammo ular yölda ança vaqt qolib ketdi. Ana şu vaqt orasida dahşatli manzara röy berdi. Buni asosiy guvohlardan biri bölgan onaizorning sudda bergan körsatmasidan parça keltirsak, jinoyatning tafsilotini bilib olasiz:
“...Bir vaqt qöşni qişloqda yaşovçi Narziqul maşinadan tuşib, yöl böylab ötib ketayotgan edi. (U bilan bir sinfda öqiganmiz.) Meni körib: “Ha, Ra'noxon”, dedi. Uning bu gapi öğlimga qattiq tegdimi yo mastligi ustun keldimi harqalay Narziqulga: “Otasi yöq ekan, deb uyimizga kelayapsanmi?”, dedi.
Narziqul öğlimning gapiga hazillaşib: “otasi yöq, deb keldim”, desa böladimi?! Jasur ham şuni kutib turgan ekanmi, uning yuziga bir muşt tuşirdi. Narziqul yuztuban asfalt yölga yiqildi.
Ularni ajratişga harakat qildim. Ammo ajrata olmadim. Söng uyga kirib, ikkinçi öğlimni yordamga çaqirdim. U hartugil ajratib, Narziqulni örnidan turğazib yubordi, akasini esa uyga olib kirdi. Ertasi kuni Narziqul şifoxonaga tuşganligini eşitdim...”
Şunday qilib, Narziqul şifoxonada sakkiz kun koma holatida yotdi. U öziga kelmadi. Şifokorlarning xizmati ham, dori-darmonlarning foydasi ham bölmadi. U vafot etdi.
Jasurning aybi sud tibbiy ekspertizasi xulosasida körsatilgan bölib, Narziqulning murdasida tan jarohatlaridan taşqari peşona, ikkala köz, yonoqlari, lunjlari, burni, yuqori labidagi şilinma va qontalaşlar, yumşoq töqimalarning lat yeyişi şu sohalarga çegaralangan yuzali ötmas qattiq (muşt, poyafzalli oyoq yoki şunga öxşaş) jismlarni bir neça marta ta'sirida hosil bölgan. Ayni holatda uning ölimiga sabab bölgan. Unda alkogolli içimlik belgisi yöqligi qayd qilingan. Şuningdek, jinoyat işida töplangan boşqa barça dalillar yiğindisi bilan töliq öz isbotini topdi.
Şunday qilib, Jasur ham qilmişiga yaraşa jazolandi.
Izoh: yuqorida tafsilotlari keltirilgan jinoyatlar bundan ikki-uç yil ilgari sodir etilgan edi. Ular bejiz keltirilmadi. Çunki bugungi mavzu noqobil farzandlarning noxuş holatlari qanday yakun topayotgani xususida. Navbatdagi misol ham şulardan biri.
Uçinçi misol
Ota-bobolarimiz azaldan halol bilan haromni farqlaşgan. Luqmai halol, harom, makruh degan iboralar bejiz aytilmagan. “Halollikning ildizi mingta, haromning ildizi bitta”, “Haromdan hazar qil”, degan naqllar hayot kuzatuvlaridan kelib çiqib aytilgan. Bu galgi “qahramon”larimiz içkilik içiş bilan birgalikda öğrilik jinoyatiga ham qöl urişadi.
Avvaliga “qahramon”larimizga qisqaça ta'rif bersak. R.Valimurod (ismlari özgartirilgan) 1973 yili Qiziltepa tumanida tuğilgan, oilali, uç nafar farzandi bor. Muqaddam beş marotaba sudlangan. N.Latip 1981 yili Navoiy şahrida tuğilgan. U ham oilali, ikki nafar farzandli. Uç marta sudlangan. Y.Xolbek va L.Odilbeklar ham qizilpetalik. Biri yigirma yetti yoşda, ikkinçisi yigirma oltida. Ular ham oilali hamda sudlangan. Hammasini birlaştirib turgan “xalqa” işlamay boylik orttiriş va kayf safoda yuriş...
Qisqasi, pixini yorgan öğrilar tavbalariga tayanmay “faoliyat”larini yana davom ettirişga kirişişdi. Ular Ğijduvon tumanidagi dehqon bozori yonida qöyilgan qarovsiz holdagi avtomaşinalarni tunamoqçi bölişdi. Bu “usul”ning ustasi farang bölib ketişgan edilar. Biri avtomaşina kelib töxtagaç, haydovçining ketidan tuşib, izma-iz poylab yuradi. Qolganlari atrofni kuzatib, navbatma-navbat vazifalarini bajarişadi. “Ölja” qölga kiritilgaça haydovçini kuzatib yurgan şerigini telefon bilan çaqirib olişadi.
Mana, hozirgina “Matiz” rusumli avtomaşina kelib töxtadi. Haydovçi maşina yukxonasini oçib, sumkadagi pullardan bir dastasini olib, bozorga ravona böldi. Uning ketidan Odilbek tuşdi. Xolbek yukxonani özi bilan olib kelgan tikuv qayçisi yordamida oçdi. Valimurod sumkani darrov oldi. Latip esa Odilbekka telefon qildi. Şu tariqa, birinçi “operatsiya” muvaffaqiyatli böldi. Ölja 3 million söm ekan. Teng taqsimlab olişdi va juftakni rostlaşdi.
Oradan bir hafta ötib, ular yana Ğijduvon tumaniga paydo bölişdi. Bu safar avtoturargoh oldidagi qarovsiz holda qoldirilib ketilayotgan avtomaşinalardan birini tunamoqçilar. Xuddi şunday böldi. “Neksiya” rusumli avtomaşinaning old yon eşigini oçişib, öğrilik qilişmoqçi bölişganda avtoturargoh qarovuli sezib qoldi. U zudlik bilan odamlarni yordamga çaqirib, öğrilarni uşlamoqçi böldi. Ammo öğrilar jinoyatni oxiriga yetkaza olmay, tört tomonga qarab qoçdi.
“Buzoqning yugurgani somonxonagaça, öğrini qoçgani qamoqxonagaça” deganlari rost. Tezkor izlanişlar natijasida öğrilar qölga olindi. Ular ayblariga iqror bölişib, yetkazilgan zararni ham jabrlanuvçilarga qaytarişdi va qilmişlariga yaraşa jazolarini olişdi.
Bunday misollarni yana köplab keltirişim mumkin. Biroq ota-onaning boşini xam, yuzini şuvut qilayotganlar har qadamga uçraşi açinarli hol. Yana ota-onalar farzandlarini uyli-joyli qilib qöygan bölişsa-da, tirik tovon bölib yurganlarini qanday tuşunsa böladi?! Şuning uçun öz vaqtida farzandlarimizga töğri tarbiya va odob-axloqni örgatsak, köp taltaytirib yubormasak, balki bunday jinoyatlar sodir etilişi kamayarmidi?!











