Hatto oddiy aspirin ham spirtli içimlik bilan bir vaqtda qabul qilinganda xavfli bölişi mumkin. Tibbiy davolaş muolajalari ötkazilayotgan bir paytda spirtli içimlik içiş mumkin emasligini hamma biladi, biroq nima uçun ba'zilar bilib turib, özini halokat sari yetaklaydi? Ehtimol, odamlar buning nimalarga olib kelişi mumkinligini anglab yetişmas. Don't Panic qanday dorilarni spirtli içimliklar bilan aralaştirib bölmasligiga doir ma'lumotlari bilan bölişdi.

 

Sedativ preparatlar (tinçlantiruvçi dori vositalari)

Spirtli içimliklarni sedativ preparatlar bilan bir vaqtda qabul qiliş mumkin emas. Hatto oddiy tinçlantiruvçi tabletkalarni ham spirtli içimlik içgan paytda qabul qiliş tavsiya etilmaydi. Gap şundaki, spirtli içimliklar bunday preparatlarning ta'sirini kuçaytiradi, uyqu vaqtida esa nafas olişni qiyinlaştiradi. Uyquda nafas siqib hayotdan köz yumgan holatlar esa talaygina.

 

Antibiotiklar (bakteriya öldiruvçi dori vositalari)

Şifokorlar bekorga bir vaqtning özida ham spitrli içimlik içiş, ham antibiotik qabul qilişni taqiqlaşmaydi. Birinçidan, alkogol davolaş samarasini pasaytiradi. Ikkinçidan, jigarga sezilarli darajada salbiy ta'sir körsatadi. Alohida holatlarda hatto toksik gepatit ham rivojlanişi mumkin.

Antigistaminlar (allergiyaga qarşi dori vositalari)

Allergiyadan aziyat çekasizmi? Özingizni spirtli içimliklardan tiying. Aks holda juda yoqimsiz salbiy ta'sir kafolatlangan. Gallyutsinatsiyalar, şaqiqa (migren) va uzoq vaqt köngil aynişiga tayyorgarlik köravering.

 

Antidepressantlar (psixotrop dori vositalari)

Har qanday spirtli içimlik — juda kuçli depressant. Tabletkalarning aralaşuvi ayançli tugaşi mumkin: spirt preparatlar ta'sirini bekor qiladi va hatto gipertonik krizga olib kelişi mumkin.