Vazirlar Mahkamasining 31.07.2017 yildagi 561-son «Fuqarolar vakillarining faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Yangi hujjatga köra, fuqarolar vakili — bu fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatçilari saylovini taşkil etiş hamda ötkazişga kömaklaşuvçi komissiyalar tomonidan belgilangan vakillik normasi asosida fuqarolar yiğini hududidagi hovlilar, uylar, köçalar aholisining umumiy yiğilişlarida saylangan va ular nomidan fuqarolar yiğinida faoliyat olib boradigan hamda manfaatlarini ifodalaydigan Özbekiston fuqarosi.
 
Fuqarolar yiğinlari raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovini taşkil etiş hamda ötkaziş uçun tuzilgan işçi guruh fuqarolar vakillarining saylovini taşkil qiliş va ötkaziş uçun mas'ul hisoblanadi.
 
Işçi guruh fuqarolar vakillarining saylovini taşkil etiş va ötkazişda tegişli hududdagi fuqarolar yiğini kengaşi bilan özaro hamkorlikda faoliyat olib boradi, fuqarolar yiğinidagi hovlilar, uylar, köçalar aholisi umumiy yiğilişini ötkaziş joyi, kuni va vaqtini belgilaydi hamda uni ötkazişdan kamida 3 kun oldin bu haqda tegişli hududda yaşovçi fuqarolarni xabardor qiladi.
 
Fuqarolar vakillariga nomzodlar aholi umumiy yiğilişi tomonidan körsatiladi hamda tegişli hududlar aholisi tomonidan oçiq ovoz beriş orqali saylanadi.
 
Fuqarolar vakillariga nomzodlar:

•  18 yoşga tölgan bölişi;
•  tegişli hududda doimiy yaşaşi;
•  obro‘-e'tiborga, hayotiy tajribaga ega bölişi darkor.
 
Aholi umumiy yiğilişida iştirok etgan fuqarolarning oddiy köpçilik ovozini olgan nomzod fuqarolar vakili sifatida saylangan hisoblanadi.
 
Fuqarolar vakillari vakolat bergan qöşnilar nomidan ovoz berişga haqli. Inçunun, fuqarolar yiğinini çaqirişning imkoni bölmagan taqdirda fuqarolar yiğini kengaşi fuqarolar vakillarining yiğilişini ötkaziş töğrisida qaror qabul qiladi. Fuqarolar vakillarining yiğilişi unda uşbu vakillarning kamida 2/3 qismi hozir bölgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Yiğilişni olib boriş uçun rayosat saylanadi. Fuqarolar vakillarining yiğilişi tegişli bayonnoma bilan rasmiylaştiriladi.