«Real» klubi öz hujumçisi Kriştianu Ronalduning 5 öyinga diskvalifikatsiya qilinişi yuzasidan apellyatsiya beradi. Bu haqda AS xabar tarqatdi.
Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) madridliklar jamoasining Ispaniya Superkubogi uçun «Barselona»ga qarşi keçgan va 3:1 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan uçraşuv vaqtida boş hakam Rikardo Bengoeçeani turtib yuborgani uçun Ronalduga jazo tayinlagandi.
RFEF futbolçining bu harakatlarini agressiv deya baholab, uni qizil kartoçka uçun 1 öyinga, hakamni turtgani uçun 4 öyinga diskvalifikatsiya qilgandi.
Agar bu jazo öz kuçida qoldirilsa, Ronaldu «Barselona»ga qarşi Superkubok javob öyinini, şuningdek Ispaniya çempionati startidagi «Deportivo», «Valensiya», «Levante» va «Real Sosedad» jamoalariga qarşi bahslarni ötkazib yuboradi.












