Tailandda Toyota’ning yangi sedani Yaris Ativ sotuvlari boşlanmoqda. Model Toyota Vios sedanining qayta işlangan nusxasidir, u, öz navbatida, Yaris hetçi negizida qurilgan bölib, Osiyo bozorlariga möljallangan (Yevropada boşqa Yaris sotiladi).

Yangilikning uzunligi 4 425 mm, eni – 1 730 mm.ga teng. Ğildirak bazasining balandligi va hajmi – Vios bilan bir xilda, ya'ni mos ravişda 1 475 va 2 550 mm.

Yaris Ativ quvvati 86 ot kuçi bölgan tört silindrli benzinli 1.2 motori bilan jihozlangan. Uning töla töplamiga 14 yoki 15 dyuymli disklar, ABS, EBD, yettita xavfsizlik yostiqçasi, 7 dyuymli sensorli ekranga ega multimedia tizimi, orqani köriş kamerasi, kalitsiz oçiş va dvigatelni işga tuşiriş tizimi, konditsioner kirişi mumkin.

Yangi sedanning narxi taxminan 14 230 dollardan boşlanadi. Yaqinda yangilangan Vios esa 18 461 dollarga tuşadi.

Hozirça Yaris Ativ boşqa davlatlarda ham paydo bölişi böyiça ma'lumotlar yöq.