SlashLeaks portalida hali e'lon qilinmagan Xiaomi Redmi Note 5A fableti haqida ma'lumotlar paydo böldi. Asosiy xususiyatlar, çiqiş sanasi va narxlardan taşqari, smartfonning nisbatan arzon va qimmat variantlari işlab çiqarilişi ma'lum böldi. 

Xiaomi Redmi Note 5A (MDE6) qurilmasining byudjyet varianti 5,5 dyuymli HD-ekran, 4 yadroli Snapdragon 425 çipi, 2 Gb operativ va 16 Gb içki xotiraga ega böladi. Asosiy kamera 13 Mp'li modul, frontal kamera esa 5 Mp'li datçik bilan ta'minlangan. Avtonom faoliyat vaqti uçun 3080 mAs'li batareya mas'ul. Yangi qurilma Android 7.1 operatsion tizim tomonidan boşqariladi. 

Nisbatan kuçli variantlari ikki versiyada bölişi kutilmoqda: ular MDE6S va MDT6S model raqamlarini olgan. Şuningdek qurilmalar 5,5 dyuymli HD-displey, Snapdragon 625 protsessor, bir versiya 3 Gb, ikkinçisi 4 Gb operativ xotira bilan ta'minlanadi. Barça modellar ölçami - 153×76,2×7,59 mm, oğirligi - 150 gramm böladi.

Xiaomi Redmi Note 5A 21 avgustda namoyiş qilinadi. Smartfonning arzon varianti 150 AQŞ dollariga baholanmoqda. Takomillaşgan versiya narxi hozirça noma'lum.