AQŞning Merilend ştati gubernatori Larri Xogan 1857 yilda qora tanlilar qulligini kuçda qoldirgan va ularga fuqarolik oliş imkonini rad etgan boş sudya Rojyer Teyniga qöyilgan haykalni buzib taşlaş taklifini qöllab-quvvatladi. Bu haqda The Baltimore Sun naşri xabar bermoqda. Ta'kidlanişiça, bunday taklifni AQŞ kongressi quyi palatasi spikeri Maykl Buş bildirgan.

“Ötmişimizni tan oliş bilan tariximizdagi eng qora doğlarni uluğlaş örtasidagi farqni aniqlaş vaqti keldi. Buni hisobga olib, men Kapitoliy hududidan Teyni haykalini olib taşlaş töğri bölişiga şubham yöq”, deb aytgan gubernator.

Naşrning ta'kidlaşiça, AQŞ oliy sudining 5-raisi bölgan Teyni Merilendda tuğilgan. U qora tanlilar AQŞda qul deb tan olingan va fuqarolikka ega böla olmasliklari haqidagi qarorni çiqargani bilan ma'lum.

Ötgan dam oliş kunlari Şarlotsvillda Fuqarolik uruşi vaqtida janubliklar (qullikning bekor qilinişiga qarşi çiqqanlar) armiyasiga qömondonlik qilgan general Robert Li haykalini olib taşlaş qarori negizida bu qarorga qarşi çiqqan millatçilar va ularga qarşi çiquvçilar örtasida ayovsiz töqnaşuvlar yuz berdi. 

Şimoliy Karolina ştatining Darem şahrida esa namoyiş iştirokçilari konfederatsiya (qullikni qöllab-quvvatlaganlar) qöşinlariga qöyilgan haykalni ağdarib taşlaşgan.